Xush Kelibsiz!
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy

O'QUV MARKAZIMIZGA
XUSH KELIBSIZ

Yozgi kurslarimizga qabul boshlandi!
Qo'ng'iroq qiling: 71 200 2992

Kurslar haqida

PEDAGOG MUTAXASSISLARNI
ISHGA TAKLIF ETAMIZ

O‘z faoliyatini kengaytirayotgan ta’lim muassasasi Inglis tili, Rus tili,
IT mutaxassisliklar bo‘yicha pedagog-kadrlarni hamkorlikka taklif qiladi

QO'SHIMCHA MA'LUMOT

TURAR JOYINGIZ O'QUV KURSLARIMIZDAN UZOQDA JOYLASHGANMI ?

Bugungi kunga kelib O'quv markazimiz filiallari soni Toshkent shahrida
5 taga yetdi.Kurslar haqida to'liq ma'lumot uchun o'zingizga qulay filialga qo'ng'iroq qiling!

BIZ BILAN BOG'LANING

Grand ta'lim tarixi

Grand Ta’lim nodavlat ta’lim muassasasi (NTM) o‘z faoliyatini rasman 2008 yil noyabr oyida Semurg‘ Media mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshida o‘quv markaz sifatida tashkil etilgan. 2011 yil Vazirlar Mahkamasini qaroriga asosan Grand Ta’lim nodavlat ta’lim muassasasi sifatida tashkil etildi. O‘quv markazini tashkil etishdan asosiy maqsad yurtimiz fuqarolarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sifatli ta’limni yo‘lga qo‘yishdan iborat. 15 xil yo‘nalishda ta’lim beruvchi muassasamiz nafaqat yoshlar, balki ilm olish istagida bo‘lgan turli yoshdagi insonlar uchun ham o‘z xizmatlarini taqdim etadi.

Ta`lim muassasamizda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha darslar o‘tiladi: Ingliz tili, arab tili, xitoy tili, rus tili, ona tili va adabiyot, tarix, kompyuter savodxonligi, tikuv buyumlari texnologiyalari, kosmetika. Darslar oliy toifali malakali ustozlar tomonidan olib boriladi.

O'quv markazimizga sayohat

NEGA AYNAN GRAND TA'LIM

Bizning boshqa o'quv markazlardan farqimiz nimada ?

«GRAND TA’LIM» NTM o‘z oldiga ta’lim sifatini oshirish, xalqaro tajribalar asosida o‘qitishning innovatsion shakllarini joriy qilish, ta’lim jarayoniga yuqori malakali pedagoglarni va xorijiy o‘qituvchi mutaxassislarni jalb qilish, viloyat markazlarida va boshqa hududlarda ham filiallar tashkil etish bo‘yicha bir qancha vazifalarni maqsad qilgan va qator loyihalar bo‘yicha ish olib bormoqda. Chunki “xorijiy tajribalar davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat fuqarolarning sifatli ta’lim olishga bo‘lgan huquqini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishini ko‘rsatmoqda”.

Shuningdek, ta’lim muassasasi qoshida Anvar Ahmad, Abdulazim Abdulqodir va Soyibjon Jo‘rayev kabi o‘qituvchilarimiz tomonidan alifbo, boshlang‘ich hamda yuqori bosqich uchun mo‘ljallangan grammatikaga oid o‘quv dasturlari, metodik qo‘llanmalar va kitoblar nashrga tayyorlanib, chop etildi.

Why Choose Us

O'quv markazimizdagi o'qituvchilar

ASOSIY KURSLAR

Bizda 10 dan ortiq yo'nalishlar mavjud bo'lib, ularning barchasi yuqori darajada tashkil etilgan.

Xalqaro tillar

Arab tili

Ushbu kurslar arab tili grammatikasi - arab tilida yozishni, o'qishni va qoidalarni o'zlashtirishga mo'ljallangan bo'lib, bunda sizga malakali o'qituvchilar hamrohlik qilishadi.

Batafsil
Xalqaro tillar

Ingliz tili

Ingliz tili kurslari 4 ta bosqich va IELTS kurslaridan iborat.Barcha kurslar tajribali va talabchan o'qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Batafsil
Xalqaro tillar

Rus tili

Ta’lim muassasamiz tomonidan taklif etilayotgan rus tili kurslari yozma va og‘zaki nutq qoidalarini o‘zlatirishingizga yordam beradi.

Batafsil
Bolalar uchun

Bilag'on bolajon

Maktabgacha ta’lim darslari Pre-school classes «Grand Ta’lim bolajon» dasturi 2018-yildan o‘z faoliyatini boshlagan.Dastur 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning aqliy salohiyatlari-intellektlarini rivojlantirish va shunga o'xshash ko'plab oliy maqsadlarga ega.

Batafsil
Arxitektura

Arxitektura va Interyer dizayn

Arxitektura va interyer loyihalash kursi tinglovchilarni mutaxassislikka tayyorlash jarayonida dizayn-loyihalarni tuzish metodikasi, uning tizimi, loyiha normativlariga tayanib ish yuritish va loyihani amalga tadbiq qilish usullari o‘rgatiladi.

Batafsil
Informatika

Informatika va Web Dizayn

Tinglovchilarni, bugungi kunning zamon talablaridan biri bo‘lmish,kompyuter dasturlashtirishga oid bilim va ko‘nikmalar bilan tanishtirish, ularda dastlabki va yetuk bilimlar bilan shakllantirishdan iborat.

Kursga a'zo bo'lish

Kitob o`qimay qo`yish- fikrlashdan to`xtab qolish demakdir.

Fedor Dostoevskiy, rus yozuvchisi

Tadbirlar

So'nggi yangiliklar

2019-05-18

24 aprel- Xalqaro tinchlik yo`lidagi ko`p tomonlamalik va diplomatiya kuni International Day of Multilateralism and Diplomacy for Peace

“Birlashgan millatlar tashkiloti Nizomi insonlar va davlatlar o`rtasidagi yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini ta’minlash, umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va kelajak birligini e’tirof etishda umumiy qo`llanma bo`lib xizmat qiladi. Har tomonla...

2019-05-18
23 aprel -Xalqaro kitob va mualliflik huquqi kuni World Book and Copyright Day

Dunyo xuddi bir kitob misolidir, faqat o`z yurtini biladigan kishi ushbu kitobning birinchi sahifasinigina o`qigan xolos. Jorj Bayron. Har yili...

2019-05-18
Bugun – “Xalqaro Ona er kuni” -International Mother Earth Day

«Alloh sizga erni qarorgoh, osmonni tom qilgan va sizlarning suvratlaringizni go`zal suvratda qilgan, sizlarga pok narsalardan rizq bergan zotdir». ...

2019-05-18
DUNYODA QANCHA ODAM BOR?

2019 yil, yanvar oyiga ko`ra, Dunyo aholisining umumiy soni: 7 669 867 246 kishini tashkil etadi. Jumladan, erkaklar - 3 868 741 125 kishi. (50.4...