Xush Kelibsiz!
logo
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy

Grand Ta'lim tarixi

«GRAND TA’LIM» nodavlat ta’lim muassasasi bugungi kunda poytaxtdagi til o‘rgatish kurslari ichida ancha tajribaga ega muassasalardan biridir. «GRAND TA’LIM» NTM Toshkent shahar, Chilonzor tumani, So‘galli ota ko‘chasi 5-uyda joylashgan bo‘lib, muassasa ushbu manzilda ilk faoliyatini boshlagan va hozirda ham bosh manzil hisoblanadi. 2008 yilda dastlab “SEMURG MEDIA”MChJ qoshida o‘quv markaz sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagan muassasa, 2010 yil 12 iyul kungi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasining ¹16 sonli majlis qaroriga asosan, tashkiliy huquqiy shaklini «GRAND TA’LIM»NTM ga o‘zgartirgan. Muassasa Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan litsenziyalar asosida «Maktabgacha ta’lim», «Maktabdan tashqari», «Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash» kabi ta’lim turlari bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Maqsadlar

Til o‘rganish kurslariga 7 yoshdan yuqori maktab, kollej, litsey va oliy o‘quv yurtlari talabalari hamda bilim olish istagida bo‘lgan barcha yoshdagi fuqarolar qabul qilinadilar. Ta’lim muassasasida o‘qish pulli asosda bo‘lib, har bir tinglovchi (yoki uning ota-onasi) bilan shartnoma asosida bitim tuziladi. Bundan tashqari kam ta’minlangan va nogironlik asosidagi tinglovchilar uchun aloxida imtiyoz va chegirmalar doimiy ravishda amalga oshirib kelinadi. Ushbu ilm dargohini o‘tgan 10 yil ichida minglab tinglovchilar arab, ingliz va rus tili kurslarini tamomlab chiqishdi.. Ayni damda ham ta’lim muassasasida ko‘plab tinglovchilar tahsil olishmoqda. Ularga til o‘rgatish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega, chet ellardagi va yurtimizdagi nufuzli universitet va institutlarda tahsil olgan, malaka oshirgan o‘qituvchi va mutaxassislar ingliz, arab va rus tili kabi xorijiy tillardan ta’lim berib keladilar.

img02

Vazifalar

Hozirda «GRAND TA’LIM» NTM da tinglovchilar bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 100 ga yaqin pedagog, mutaxassis va xodimlar samarali faoliyat yuritib kelmoqdalar. Muassasaning o‘zida ustoz-o‘qituvchilarning malakasini oshirish amaliyoti ham qo‘llanilib, zamonaviy axborot texnologiyalar va kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda darslarni audio-video materiallar va interaktiv vositalardan foydalanib o‘tish bo‘yicha ham ustozlarni malakalash sharoitlari yuzaga keltirilgan. Bundan tashqari Toshkent shahrida ikkita filial, Toshkent viloyatida va Samarqand shahrida ham bittadan «GRAND TA’LIM» NTMning filiallari xorijiy tillarni o‘rganish talabida bo‘lgan yurtimiz fuqarolariga o‘z ilmiy, ta’limiy xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqdalar. Muassasada doimiy tarzda turli tadbirlar, uchrashuvlar va kitob taqdimotlari o‘tkazib kelinadi. Iqtidorli, a’lochi va boshqalarga ijobiy xulqi ila o‘rnak bo‘lgan tinglovchilarga o‘quv mavsumi yakunida muassasa jamoasi nomidan rag‘batlantirilib, tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari va kitoblar sovg‘a qilish doimiy an’anaga aylangan. Shu jihatdan bizda ta’lim olish istagida bo‘lgan turli yoshdagi tinglovchilarning soni kundan-kunga ortib bormoqda.

Bizning filiallar

Chilonzor

01 Toshkent

Chilonzor filiali Chilonzor tumani Sogalli ota 5-uy da joylashgan.

Qora Qamish

02 Toshkent

Qoraqamish filiali Olmazor tumani Qora qamish 2/3 11d-uy da joylashgan.

Olmazor

03 Toshkent

Olmazor filiali Olmazor tumani Muhbir ko’chasi 4d-uyda joylshgan.

Nazarbek

04 Toshkent

Nazarbek filiali Zangiota tum. Nazarbek, Nazarbek shox ko’chasi da joylashgan.

Samarqand

05 Samarqand

Samarqand filiali Samarqand shaxar, Daxbit ko'chasi 14a-uy.

O'quv markazimizdagi o'quvchilar