Grand Ta'limga Xush Kelibsiz!

Ilm qalblarning hayotidir

08/02/2018
10:00
Grand Ta`lim asosiy markaz
Event Details Images

Bugun, 2018 yil, 13 iyun kuni, soat 11:00 da Muborak Ramazon oyi munosabati bilan "GRAND TALIM" NTM o`tkazayotgan ma`rifiy tadbirlarning yakuniy uchrashuvi bo`lib o`tdi. Toshkent shahar, Uchtepa tumani "Hazrati Ali" jome masjidi imom xatibi Salohiddin Abug`affor bilan " GRAND TA`LIM" NTM tinglovchilari, ustoz va xodimlar ishtirokida "Ilm qalblarning hayoti va ko`zlarimizning nuridir" mavzusidagi ma`rifiy uchrashuvi boshlandi. Tadbir Qur`oni karim tilovati bilan ochildi. So`ng muassasa direktori Muzaffar Sattiyev so`z olib, ustozga tashrif uchun tashakkur aytdilar va so`z navbatini berdilar. Mavzu tafsilotiga kirishishdan oldin, qisqacha Salohiddin Abdug`affor tarjimai hollarini keltirib o`tishni lozim topdik: Toshkent shahri, Uchtepa tumani "Hazrati Ali" jome masjidida imom xatib bo`lib ishlab kelayotgan zabardast ustoz, jonkuyar va samimiy inson 1961-yil, 31-may kuni, Toshkent viloyati, Bo`ka tumanida tavallud topganlar. 1979- 1983 yillarda Mir Arab madrasasida , so`ngra 1983-1987 yillari Toshkent Islom instituti-oliy ma`hadda ta`lim oldilar. Talabalik yillari yakuniga yetgach, mudarrislik faoliyatini boshlab, talabalarga ilm berish yo`lida 1987-1989 yillarda Buxorodagi Mir Arab madrasasida ishlaganlar. So`ng, 1989- 1990 yillarda Toshkent Islom institutida mudarris, 1990- 1993 yillarda yana Buxorodagi Mir Arab madrasasida mudir vazifasida faoliyat yuritgan bo`lsalar, 1993- 1994 yillarda Toshkent Islom institutida ta`lim bo`limi mudiri lavozimida ishlab kelganlar. Nihoyat, 1996- 2008 yillarda Toshkent Islom institutida mudarris vazifasida faoliyat yuritgan, deyarli 30 yillik tajribaga ega mo``tabar ustoz-muallimlardan hisoblanadilar. Salohiddin domla 1996 yildan beri "Hazrati Ali" jome masjidida imom- xatib bo`lib ishlab keladilar. Ustoz so`z olib, avvalo dinimizning ilm olishga bergan ahamiyati, ilm talab qilish har birimizga farz ekani, bilim olishning ajru savoblari ko`pligi xususida oyat va hadislar bilan batafsil tushuntirib o`tdilar. So`zlarida davom etib, millatimiz vakillarining, musulmon kishilarning jamiyatda o`ziga xos odobi, madaniyati bilan ajralib turishi lozimligi va boshqalarga o`rnak bo`lishi shartligi xususida gapirdilar. Ayniqsa, bu xususda ayollarimizning jamiyatda tutgan o`rni va ta`siri kengligi haqida gapirib, hayotiy misollar keltirdilar. Farzand tarbiyasida, qarindosh-urug`chilik munosabatlarida ham onalarimiz, opa- singillarimizning mas`uliyati katta ekanini ta`kidladilar. Tadbirda shuningdek, ilm o`rganish barobarida odob va xulq ilmini ham o`rganish zarurligi haqida co`zlab, "Ilm don bo`lsa, amal- undan unib chiqqan nihol- o`simlik, uning suvi esa ixlosdir" hikmatini keltirib, ilm o`rganish, amal qilishda ixlosning qanchalik muhimligini ta`kidladilar. Salohiddin domla ixlosga ta`rif berarkanlar, "ixlos- amalni Alloh uchun qilish va o`sha amalda Allohdan boshqaga nasiba qoldirmaslikdir" deya faqat Yaratgan Alloh uchungina, riyodan saqlangan holda amal qilish insonga manfaatli bo`lishini sharhladilar. Mavzu bayoni davomida "dinda xolis bo`lsa bandaga ozgina amali bo`lsa ham najot topishi uchun yetarlidir" mazmunidagi hadisni ham tushuntirib berdilar. Salohiddin Abdug`affor domla ilm o`rganishda talabalar uchun niyat ham o`ta muhim ekani, niyatga qarab natijaga bo`lishini atroflicha bayon etdilar. So`ngra yana ayollarimiz mavzusiga qaytib, jamiyatda go`yoki bir parcha bo`lib, u isloh bo`lsa, butun jamiyat isloh bo`lajagi, bu parcha ayollardir deya, shu mazmundagi hadisi sharifga iqtibosni sharhladilar. Suhbat so`nggida xatmona- Qur`on tilovati qilindi va hurmatli domla duoga qo`l ochib: " Xatmu Qur`ondan hosil bo`lgan savoblarni o`tgan ustozlarimiz, olimu fuzalolar, xossatan, Shayx Hazratlarining ruhi poklariga baxshida etamiz, bu ilm dargohiga fayzu barakot bergaysan, Hazrat boshlab bergan ilmiy xizmatni davom ettirayotgan insonlarga barakot bergaysan, yuzlarini yorug` qil, kuch-quvvat ber, ilm talabida kelayotgan tinglovchilarga ham foydali ilmlarni nasib et, barchalarimizni oqibatlarimizni xayrli qil" deya xayrli duo va tilaklar bilan uchrashuvga intiho yasadilar. Bugun, 2018 yil, 13 iyun kuni, soat 11:00 da Muborak Ramazon oyi munosabati bilan "GRAND TALIM" NTM o`tkazayotgan ma`rifiy tadbirlarning yakuniy uchrashuvi bo`lib o`tdi. Toshkent shahar, Uchtepa tumani "Hazrati Ali" jome masjidi imom xatibi Salohiddin Abug`affor bilan " GRAND TA`LIM" NTM tinglovchilari, ustoz va xodimlar ishtirokida "Ilm qalblarning hayoti va ko`zlarimizning nuridir" mavzusidagi ma`rifiy uchrashuvi boshlandi. Tadbir Qur`oni karim tilovati bilan ochildi. So`ng muassasa direktori Muzaffar Sattiyev so`z olib, ustozga tashrif uchun tashakkur aytdilar va so`z navbatini berdilar. Mavzu tafsilotiga kirishishdan oldin, qisqacha Salohiddin Abdug`affor tarjimai hollarini keltirib o`tishni lozim topdik: Toshkent shahri, Uchtepa tumani "Hazrati Ali" jome masjidida imom xatib bo`lib ishlab kelayotgan zabardast ustoz, jonkuyar va samimiy inson 1961-yil, 31-may kuni, Toshkent viloyati, Bo`ka tumanida tavallud topganlar. 1979- 1983 yillarda Mir Arab madrasasida , so`ngra 1983-1987 yillari Toshkent Islom instituti-oliy ma`hadda ta`lim oldilar. Talabalik yillari yakuniga yetgach, mudarrislik faoliyatini boshlab, talabalarga ilm berish yo`lida 1987-1989 yillarda Buxorodagi Mir Arab madrasasida ishlaganlar. So`ng, 1989- 1990 yillarda Toshkent Islom institutida mudarris, 1990- 1993 yillarda yana Buxorodagi Mir Arab madrasasida mudir vazifasida faoliyat yuritgan bo`lsalar, 1993- 1994 yillarda Toshkent Islom institutida ta`lim bo`limi mudiri lavozimida ishlab kelganlar. Nihoyat, 1996- 2008 yillarda Toshkent Islom institutida mudarris vazifasida faoliyat yuritgan, deyarli 30 yillik tajribaga ega mo``tabar ustoz-muallimlardan hisoblanadilar. Salohiddin domla 1996 yildan beri "Hazrati Ali" jome masjidida imom- xatib bo`lib ishlab keladilar. Ustoz so`z olib, avvalo dinimizning ilm olishga bergan ahamiyati, ilm talab qilish har birimizga farz ekani, bilim olishning ajru savoblari ko`pligi xususida oyat va hadislar bilan batafsil tushuntirib o`tdilar. So`zlarida davom etib, millatimiz vakillarining, musulmon kishilarning jamiyatda o`ziga xos odobi, madaniyati bilan ajralib turishi lozimligi va boshqalarga o`rnak bo`lishi shartligi xususida gapirdilar. Ayniqsa, bu xususda ayollarimizning jamiyatda tutgan o`rni va ta`siri kengligi haqida gapirib, hayotiy misollar keltirdilar. Farzand tarbiyasida, qarindosh-urug`chilik munosabatlarida ham onalarimiz, opa- singillarimizning mas`uliyati katta ekanini ta`kidladilar. Tadbirda shuningdek, ilm o`rganish barobarida odob va xulq ilmini ham o`rganish zarurligi haqida co`zlab, "Ilm don bo`lsa, amal- undan unib chiqqan nihol- o`simlik, uning suvi esa ixlosdir" hikmatini keltirib, ilm o`rganish, amal qilishda ixlosning qanchalik muhimligini ta`kidladilar. Salohiddin domla ixlosga ta`rif berarkanlar, "ixlos- amalni Alloh uchun qilish va o`sha amalda Allohdan boshqaga nasiba qoldirmaslikdir" deya faqat Yaratgan Alloh uchungina, riyodan saqlangan holda amal qilish insonga manfaatli bo`lishini sharhladilar. Mavzu bayoni davomida "dinda xolis bo`lsa bandaga ozgina amali bo`lsa ham najot topishi uchun yetarlidir" mazmunidagi hadisni ham tushuntirib berdilar. Salohiddin Abdug`affor domla ilm o`rganishda talabalar uchun niyat ham o`ta muhim ekani, niyatga qarab natijaga bo`lishini atroflicha bayon etdilar. So`ngra yana ayollarimiz mavzusiga qaytib, jamiyatda go`yoki bir parcha bo`lib, u isloh bo`lsa, butun jamiyat isloh bo`lajagi, bu parcha ayollardir deya, shu mazmundagi hadisi sharifga iqtibosni sharhladilar. Suhbat so`nggida xatmona- Qur`on tilovati qilindi va hurmatli domla duoga qo`l ochib: " Xatmu Qur`ondan hosil bo`lgan savoblarni o`tgan ustozlarimiz, olimu fuzalolar, xossatan, Shayx Hazratlarining ruhi poklariga baxshida etamiz, bu ilm dargohiga fayzu barakot bergaysan, Hazrat boshlab bergan ilmiy xizmatni davom ettirayotgan insonlarga barakot bergaysan, yuzlarini yorug` qil, kuch-quvvat ber, ilm talabida kelayotgan tinglovchilarga ham foydali ilmlarni nasib et, barchalarimizni oqibatlarimizni xayrli qil" deya xayrli duo va tilaklar bilan uchrashuvga intiho yasadilar. Bugun, 2018 yil, 13 iyun kuni, soat 11:00 da Muborak Ramazon oyi munosabati bilan "GRAND TALIM" NTM o`tkazayotgan ma`rifiy tadbirlarning yakuniy uchrashuvi bo`lib o`tdi. Toshkent shahar, Uchtepa tumani "Hazrati Ali" jome masjidi imom xatibi Salohiddin Abug`affor bilan " GRAND TA`LIM" NTM tinglovchilari, ustoz va xodimlar ishtirokida "Ilm qalblarning hayoti va ko`zlarimizning nuridir" mavzusidagi ma`rifiy uchrashuvi boshlandi. Tadbir Qur`oni karim tilovati bilan ochildi. So`ng muassasa direktori Muzaffar Sattiyev so`z olib, ustozga tashrif uchun tashakkur aytdilar va so`z navbatini berdilar. Mavzu tafsilotiga kirishishdan oldin, qisqacha Salohiddin Abdug`affor tarjimai hollarini keltirib o`tishni lozim topdik: Toshkent shahri, Uchtepa tumani "Hazrati Ali" jome masjidida imom xatib bo`lib ishlab kelayotgan zabardast ustoz, jonkuyar va samimiy inson 1961-yil, 31-may kuni, Toshkent viloyati, Bo`ka tumanida tavallud topganlar. 1979- 1983 yillarda Mir Arab madrasasida , so`ngra 1983-1987 yillari Toshkent Islom instituti-oliy ma`hadda ta`lim oldilar. Talabalik yillari yakuniga yetgach, mudarrislik faoliyatini boshlab, talabalarga ilm berish yo`lida 1987-1989 yillarda Buxorodagi Mir Arab madrasasida ishlaganlar. So`ng, 1989- 1990 yillarda Toshkent Islom institutida mudarris, 1990- 1993 yillarda yana Buxorodagi Mir Arab madrasasida mudir vazifasida faoliyat yuritgan bo`lsalar, 1993- 1994 yillarda Toshkent Islom institutida ta`lim bo`limi mudiri lavozimida ishlab kelganlar. Nihoyat, 1996- 2008 yillarda Toshkent Islom institutida mudarris vazifasida faoliyat yuritgan, deyarli 30 yillik tajribaga ega mo``tabar ustoz-muallimlardan hisoblanadilar. Salohiddin domla 1996 yildan beri "Hazrati Ali" jome masjidida imom- xatib bo`lib ishlab keladilar. Ustoz so`z olib, avvalo dinimizning ilm olishga bergan ahamiyati, ilm talab qilish har birimizga farz ekani, bilim olishning ajru savoblari ko`pligi xususida oyat va hadislar bilan batafsil tushuntirib o`tdilar. So`zlarida davom etib, millatimiz vakillarining, musulmon kishilarning jamiyatda o`ziga xos odobi, madaniyati bilan ajralib turishi lozimligi va boshqalarga o`rnak bo`lishi shartligi xususida gapirdilar. Ayniqsa, bu xususda ayollarimizning jamiyatda tutgan o`rni va ta`siri kengligi haqida gapirib, hayotiy misollar keltirdilar. Farzand tarbiyasida, qarindosh-urug`chilik munosabatlarida ham onalarimiz, opa- singillarimizning mas`uliyati katta ekanini ta`kidladilar. Tadbirda shuningdek, ilm o`rganish barobarida odob va xulq ilmini ham o`rganish zarurligi haqida co`zlab, "Ilm don bo`lsa, amal- undan unib chiqqan nihol- o`simlik, uning suvi esa ixlosdir" hikmatini keltirib, ilm o`rganish, amal qilishda ixlosning qanchalik muhimligini ta`kidladilar. Salohiddin domla ixlosga ta`rif berarkanlar, "ixlos- amalni Alloh uchun qilish va o`sha amalda Allohdan boshqaga nasiba qoldirmaslikdir" deya faqat Yaratgan Alloh uchungina, riyodan saqlangan holda amal qilish insonga manfaatli bo`lishini sharhladilar. Mavzu bayoni davomida "dinda xolis bo`lsa bandaga ozgina amali bo`lsa ham najot topishi uchun yetarlidir" mazmunidagi hadisni ham tushuntirib berdilar. Salohiddin Abdug`affor domla ilm o`rganishda talabalar uchun niyat ham o`ta muhim ekani, niyatga qarab natijaga bo`lishini atroflicha bayon etdilar. So`ngra yana ayollarimiz mavzusiga qaytib, jamiyatda go`yoki bir parcha bo`lib, u isloh bo`lsa, butun jamiyat isloh bo`lajagi, bu parcha ayollardir deya, shu mazmundagi hadisi sharifga iqtibosni sharhladilar. Suhbat so`nggida xatmona- Qur`on tilovati qilindi va hurmatli domla duoga qo`l ochib: " Xatmu Qur`ondan hosil bo`lgan savoblarni o`tgan ustozlarimiz, olimu fuzalolar, xossatan, Shayx Hazratlarining ruhi poklariga baxshida etamiz, bu ilm dargohiga fayzu barakot bergaysan, Hazrat boshlab bergan ilmiy xizmatni davom ettirayotgan insonlarga barakot bergaysan, yuzlarini yorug` qil, kuch-quvvat ber, ilm talabida kelayotgan tinglovchilarga ham foydali ilmlarni nasib et, barchalarimizni oqibatlarimizni xayrli qil" deya xayrli duo va tilaklar bilan uchrashuvga intiho yasadilar. Yakunda "GRAND TALIM" NTM direktori Muzaffar Sattiyev so`z olib, Salohiddin domlaga mazmunli va foydali suhbatlari uchun tashakkur bildirdilar va Mushafi sharif va "Hilol- Nashr" matbaasida chop etilgan bir necha kitoblardan hadya qildilar. Muborak Ramazon oyining ushbu so`nggi ma`rifiy tadbiri barchada yaxshi taassurot qoldirdi va bunday ilm va ziyo majlislari davomiy bo`lishini niyat qilib qolindi.