Xush Kelibsiz!
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy

"GRAND TA`LIM" NTM: Yurtimizda bahor va “Bilag`on bolajon” – 1 yoshda

03/27/2019
12:00
Olmazor tumani, Muxbir ko`chasi, 4-“d” uy
Event Details Images

Bugun 27 mart chorshanba kuni, 12: 00da Olmazor tumani, Muxbir ko`chasi, 4-“d” uyda joylashgan "GRAND TA`LIM" NTM filialida “Bilag`on bolajon” maktabga tayyorlov guruhlari tinglovchi bolajonlariga Bahor bayrami va filialning 1 yilligi munosabati bilan katta bahoriy bayram tashkil etildi. Tashkilotchilardan Dilorom Abdurahimovaning ta’kidlashlaricha, bugun bolalar ijodiyotini namoyon qilish maqsadida o`tkazilgan 3-bosqichli konkurs natijalari, bolalarning tarbiyachilari bilan tayyorlagan turli sahna ko`rinishlari va kontsert dasturi namoyish etiladi. Ajoyib bayramona kayfiyat barchani yuz-ko`zlarida namoyon. Ayni damda, “Marvarid” koshonasi tashrif buyurgan mehmonlar, bolajonlar, ularning ota-onalari bilan to`la. O`zbekiston respublikasi davlat Madhiyasi yangradi. Dasturni ochish uchun dastlab so`z “GRAND TA`LIM" NTM direktori Muzaffar Sattievga berildi. Muassasa rahbari “Bilag`on bolajon”ni 1 yoshga to`lishi bilan muborakbod etib, barcha bolajonlarni kelajakda bilimli, aqlli va odobli farzandlari bo`lishlari va O`zbekistonimizga munosib avlod bo`lishlariga tilaklar bildirdi. So`ngra, “Ertaklar yaxshilikka etaklar” rasmlar ko`rik tanlovi g`oliblariga faxriy yorliqlar topshirish marosimi o`tkazildi. Ayni damda kontsert dasturi boshlandi. Bayram davom etadi. Sahifalarimizni kuzatib boring.