Xush Kelibsiz!
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy

"GRAND TA`LIM" NTM: Yurtimizda bahor va “Bilag`on bolajon” – 1 yoshda

03/27/2019
15:24
Olmazor tumani, Muxbir ko`chasi, 4-“d” uy
Event Details Images

Avval xabar berganimizdek, bugun 27 mart chorshanba kuni "GRAND TA`LIM" NTM filialida “Bilag`on bolajon” maktabga tayyorlov guruhlarining bolajonlari va ularning ota-onalariga muassasa faoliyatining 1 yilligi munosabati bilan katta bahoriy bayrami tashkil etildi. Bayram dasturi davom etib, guruhlar tarbiyalanuvchilari o`zlari tayyorlagan o`zbek, ingliz, rus va arab tillarida turli she’rlar, qo`shiqlar va kichik intermediya -sahna ko`rinishlarini ota-onalari va mehmonlarga namoyish etib berishdi. Juda qiziqarli, jonli va bolalarga xos beg`ubor tabassum va ko`tarinki kayfiyatda o`tgan bayram barchaga birdek manzur bo`ldi. Tadbir so`ngida so`zga chiqqan mehmonlar va ota-onalar ustozlarga, tarbiyachi pedagoglarga minnatdorchilik izhor qilishdi. Bunday tadbirlar davomiy bo`lishini, ta’lim muassasasining faoliyatiga ham ravnaq va rivoj tilashdi. Yakunida esa barcha shirindan shakar bolakaylarga sovg`alar ulashildi. Ma’lumot o`rnida aytamiz, "GRAND TA`LIM" NTM qoshidagi “Bilag`on bolajon” maktabga tayyorlov guruhlari Toshkent shahar, Olmazor tumani, Muxbir ko`chasi, 4-“d” uyda va Toshkent viloyati, Zangiota tumani Nazarbek QFY, Nazarbek shohko`chasi, 13- a uyda joylashgan bo`lib, u erda yuzlab bolajonlar ilk saboqlarni olishmoqda. Haftada uch marotaba belgilangan soatlarda mashg`ulotlarga qatnashayotgan bolajonlarimiz alifbo bilan tanishuv, nutqni o`stirish, rasm chizish va boshqa mashg`ulotlar bilan olamni tanish, yangi qiziqarli saboqlarni olishda anchayin ilg`or va a’lochi bo`lib olishdi. Jamoamiz pedagog va tarbiyachilari tomonidan zamonaviy metodik dasturlar asosida olib borilayotgan mashg`ulotlar o`z samarasini bermoqda. Ayniqsa, ingliz, rus va arab tillaridan berilayotgan ilk saboqlar ham ko`pchilikka ma’qul kelmoqda.