Xush Kelibsiz!
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy

Bugun 30 mart- Yer soati - Earth Hour kuni

03/29/2019
20:30
Event Details Images

Uni 2019 yildagi vaqti- mahalliy vaqt bilan 20:30 dan 21:30 gachadir. «Er Soati» — Jahon Yovvoyi tabiat fondi World Wide Fund for Nature ning har yili mart oyining shanba kunida o`tkazadigan xalqaro global aktsiyasidir. Tashkilotchilar ekologik muammolardan tashvishlanish ramzi sifatida sayyora aholisini 60 daqiqaga chiroq va maishiy elektr uskunalarini o`chirib qo`yishga chaqirishadi. Shuningdek, ushbu loyihada butun dunyo bo`ylab mashhur bino va obidalarni yoritib turuvchi chiroqlar ham o`chiriladi. O`tgan yillar davomida Nьyu- York, Moskva, London, Parij, Dubay, Sidney, Rim, Stogkolьm kabi shaharlarda turli yirik binolar va me’moriy yodgorliklarda chiroqlar o`chirilgan. Ayni damda bu aktsiya insoniyat tarixidagi ko`pchilik insonlar ishtirok etgan eng katta loyihadir. Ushbu yirik aktsiya-loyihaning asosiy mazmuni- dunyo hamjamiyatini er sayyorasida iqlim o`zgarishi muammolariga diqqatini qaratish, ushbu ekologik muammoning hal etilishida birgalikda amalga oshiriladigan g`oyalarni qo`llab-quvvatlashdandir. Birinchi marta «Er Soati» 2007 yilda Avstraliyaning Sidney shahrining o`zidagina o`tkazilgan. Bugunga kelib “Er soati” – jahondagi juda yirik ommabop ekologik aktsiyadir. Unda o`tgan yillarda 188 davlatdan 2 milliarddan ortiq kishi qatnashgan va 18 000 arxitektura yodgorliklarida chiroq o`chirilgan. «Er Soati»ning mohiyati ko`pchilik taxmin qilgandek faqat elektr energiyasini tejashda emas. Elektr energiyasidan vaqtinchalik voz kechish - tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo`luvchi barcha kishilarni birlashtiruvchi ramziy belgidir. Shuni ta’kidlash kerakki, 2011 yildan aktsiya logotipi “60+” tasviridir. Buning mazmuni, faqatgina yilda bir marta 60 daqiqaga chiroqni o`chirishgina emas, undan tashqari, tabiatni ehtiyot qilish, asrab avaylash, suvni tejash, chiqindilarni tozalash, shaxsiy avtomashinadan ko`ra jamoat transportidan foydalanish kabi ishlarni amalgan oshirishga ham tavsiya qilishdan iboratdir. Aktsiyada oddiy fuqarolar bilan birga turli tashkilotlar hamda davlat idoralari ixtiyoriy asosda qatnashib, qaysi jihozlarni o`chirish o`zi tanlab, belgilaydi. Er sayyorasini asrab-avaylash muammosini turli darajalarda, bahamjihatlikda hal etishga urinmoq kerak. Shu sababdan, tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bugungi aktsiya orqali dunyoning har qaysi nuqtasida yashovchi inson o`zining tabiiy resurslar emirilishiga qayg`urishi va ushbu ekologik muammolarga befarqmasligini e’lon etish uchun o`z “ovozini” berishi mumkin.