Grand Ta'limga Xush Kelibsiz!

Ma`rifat va ilm o`rganish yo`lidagi ezgu ishlar

07/25/2018
11:00
Grand Ta`lim asosiy markaz
Event Details Images

Ilm fakat yaxshilikka etaklaydi 1. Yaratgan Robbing nomi bilan o`qi. 2. U insonni alaqdan yaratdi. 3. O`qi! Va Robbing eng karamlidir! 4. U qalam bilan ilm o`rgatgandir. 5. U insonga u bilmagan narsani o`rgatdi. (Alaq surasi, 1-5 oyatlar) Muqaddas Islom dinimiz ta`limotlarida ilm o`qish, ma`rifat va ziyo istashni eng oldingi o`rinlarga qo`yiladi. Muborak Ramazon oyining fayzli kunlarida ziyo va ta`lim maskani "GRAND TALIM" NTM yana bir foydali tadbir tashkil etdi.. Avval xabar qilganimizdek, 2018 yil, 30 may kuni soat 11:00 da Toshkent shahar Yunusobod tumani bosh imom xatibi ustoz Sayyid Rahmatulloh Termiziy va "GRAND TALIM" NTM tinglovchilari va ustoz xodimlari bilan suhbat-uchrashuvi o`tkazildi. Ushbu uchrashuv yosh avlodga ilm o`rganish, kitob mutolaasi, qadriyatlarimiz va shu bilan bir qatorda zamonaviy ilg`or bilimlarni egallash zaruratini etkazish maqsadida amalga oshirilayotgan ikkinchi tadbir bo`lib, suhbat "Ilmning fazilati, ustozlik mas`uliyati va tolibi ilm odobi" mavzusida bo`lib o`tdi. Uchrashuvni muassasa direktori Muzaffar Sattiev kirish so`zi bilan ochib, "GRAND TALIM" NTM nomidan ustozga tashrif uchun minnatdorlik bildirdilar, shuningdek, bu yil 10 yilligini nishonlayotgan bilim dargohi erishgan natijalar va kelajakdagi rejalar haqida qisqacha so`zlab berdilar. Hurmatli domla yig`ilganlarni Muborak Ramazon bilan tabriklab, ilm olishning fazilati, ustozlarga ehtirom xususida batafsil mav`iza qildilar. Xosatan, ushbu dargohning ilk kunlarida bosh muassis marxum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohni "Hilol-Nashr" matbaasi, "GRAND TALIM" ta`lim muassasasi va "islom.uz" internet portalining asosiy tashkilotchisi sifatida ko`rsatgan jonbozliklari, qilgan xayrli duolari barakotini zikr etib, yurtdoshlarimizga xorijiy tillarni ta`lim berayotgan ushbu ilm maskaniga yanada rivoj va muvaffaqiyat tiladilar. Shuningdek, Hazrat qalamlariga mansub "Tafsiri Hilol", "Hadis va hayot" va boshqa yuzlab asarlar diyonatli xalqimizga katta ilmiy meros ekani, talabalarga u zotning hayotlarida juda katta o`rnak va ibrat borligini to`lqinlanib so`zladilar. So`ngra "GRAND TALIM" NTM arab tili ustozi, "arabic.uz" internet sahifasi bosh muxarriri, tarjimon Anvar Ahmadga so`z berildi. Ustoz ham mehmon Rahmatulloh domlaning mavzularini davom ettirib, Vatanimizdan bunday buyuk ulamolar, olim va fozil insonlarning ko`plab etishib chiqqani sabablaridan, xalqimizning ilm olishga, kitob o`kishga bo`lgan kuchli ishtiyoki, olim insonlarga,ustozlarga nisbatan hurmat, ehtirom juda yuqori bo`lganidanini aytib o`tdilar. Xususan, ota-onalar farzandlarini bilimli, ma`rifatli bo`lishlari uchun qattiq uringanlari, Imom Buxoriydek, Xakim Termiziy, Zamaxshariydek buyuk ulamolar yurtidan kelajakda yana buyuk olimlar, insonlarga ezgulik va yaxshilik ulashadigan ulug` insonlar etishib chiqmog`i uchun xam ilm-ma`rifatga katta e`tibor qaratmoq zarurligini gapirdilar. So`ngra tinglovchilardan berilgan savollarga ustoz Sayyid Rahmatulloh Termiziy batafsil javob berdilar. Mazmunli va ta`sirchan kechgan uchrashuv so`ngida "GRAND TALIM" NTM direktori Muzaffar Sattiev mehmonga samimiy tashriflari uchun tashakkur bildirib, muassasa nomidan kitoblar hadya kildilar. Ustoz Rahmatulloh domla taklif uchun minnatdorlik izhor etib, duolar ijobat bo`ladigan mohi Ramazonda butun O`zbekiston xalqiga xayru barakot, fayzu to`kinlik so`rab duo qildilar. Shuningdek, muhtaram Prezidentimizning Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalqimiz farovonligi yulida olib borayotgan xayrli ishlariga rivojlar tiladilar.