Xush Kelibsiz!
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy

13 fevral- Xalqaro radio kuni World Radio Day

02/13/2019
15:00
World Radio Day
Event Details Images

Tarixi Radio ixtiro qilinganiga 100 yildan oshdi. 2011 yili BMTning YuNESKO Bosh konferentsiyasi o`zining 36-sessiyasida 13 fevralni xalqaro radio kuni deb e’lon qildi. Ushbu kunni nishonlash taklifini birinchi bo`lib Ispaniya olg`a surdi. YuNESKO tashkiloti ushbu masalada o`tkazgan tadqiqotlaridan so`ng, ushbu taklifni Bosh konferentsiyaga taqdim etdi. Aynan ushbu kunni xalqaro radio kuni deb tayinlanishining tarixiga esa, 1946 yil, 13 fevral kunida “BMT radio”si tashkil etilib, o`z efirini boshlagan edi. Maqsadi Ushbu kunni o`tkazishdan asosiy maqsad, jamoatchilik va OAVni xabardorlik darajasini oshirish, radioning dolzarbligi, soha boshqaruvchilarini radio vositasida ma’lumotlar va yangiliklarga ega bo`lish imkoniyatlarini oshirishga va ta’minlashga chaqirish, radioeshittirish kompaniyalarning xalqaro aloqalar borasida munosabatlarini mustahkamlashdan iboratdir. Ahamiyati Radio deganda, dunyodagi eng ko`p auditoriyaga ega kommunikatsiya vositasi tushuniladi. U katta imkoniyatlarga ega va kam xarajatlarni talab etuvchi ommatan tan olingan aloqa vositasidir. Radio dunyoning eng chetki hududlarda joylashgan aholi qatlamlariga, ayollar, yoshlar, nogironlarga ham etib borib, bilim saviyasi va ma’lumotidan qat’i- nazar jamiyat ishlarida faol ishtirok etish va ma’lumotga ega bo`lish imkoniyatlarini taqdim qiladi. Bundan tashqari, radio turli favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarda o`ta ahamiyatli vazifani o`taydi. Yangi-yangi texnologiyalar yordamida, mobil vositalar va kengpolosali aloqa va planshetli kompьyuterlar yordamida radio bugungi kunda yanada takomillashib bormoqda. 2019 yilda “Xalqaro radio kuni”ning mavzusi “Muloqot, bag`rikenglik va tinchlik”dir. “Radio- kuchli asbobdir. Xatto zamonaviy dunyoda ham radio har qanday boshqa ommaviy axborot vositalaridan ko`ra ko`plab insonlarga etib boruvchi vositadir. Radio orqali hayotiy muhim ma’lumotlar uzatiladi va eng dolzarb mavzular keng yoritiladi, muxokama qilinadi. Radio shu bilan birga, xos va interaktiv vosita bo`lib, kishilar uning yordamida o`zlarining fikrlari, tashvish va muammo, mashaqqatlari bilan bo`lishish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Radio- insonlar birligi, umumiyligini vujudga keltirishga xizmat qiluvchi vositadir.....” BMT Bosh Kotibining Xalqaro radio kuni munosabati bilan qilgan murojaatidan.