Xush Kelibsiz!
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy
single
«GRAND TA’LIM»: Yakunlanayotgan yilga bir nigoh

2018 yil ta’lim muassasamiz hayotida salmoqli va sermahsul bo`ldi. Yil davomida ta’lim muassasamizda amalga oshirilgan tadbir va uchrashuvlarni oylar ketma-ketligida eslab o`tamiz:2018 yil 5 fevral . "GRAND TALIM” NTM tomonidan Olmazor tumanidagi filialida «Bilag`on bolajon» maktabgacha ta’lim muassasasi o`z faoliyatini boshladi. \r\n1-aprel 2018 yil. Azim Samarqand shahrida ochilgan “GRAND TA’LIM MAROQAND” filiali o`z faoliyatini boshladi. \r\n11-may 2018 yil. GRAND TA`LIM, Olmazor filialida “Pedagog xodimlarning kompetentsiyalarini takomillashtirish” mavzusida seminar-trening bo`lib o`tdi.\r\n12-may, 2018 yil, GRAND TA`LIM” da ingliz va arab tilida tahsil olayotgan tinglovchilar uchun ichki olimpiada o`tkazildi.\r\nMay-aprelь oyi, 2018 yil. “GRAND TA`LIM” da muqaddas Ramazon oyida “Ma’rifat va ilm o`rganish yo`lidagi ezgu ishlar” mavzusi ostida turli uchrashuv va tadbirlar o`tkazdi. Unda taniqli ulamolar ishtirok etishdi.\r\nIyunь, iyulь va avgust, 2018 yil. GRAND TA’LIM” da yozgi kurslari tashkil etildi. Arab tili va ingliz tili grammatikasiga oid ikki kitob taqdimoti amalga oshirildi. “ARAB ADABIY TILI boshlang`ich alifbo kitobi” muallifi ustoz Soyibjon Jo`raev, ingliz tilidan “LISON” Exclusive guide to English grammar “ingliz tili grammatikasi” kitobi muallifi ingliz tili ustozi Abdulazim Abdulqodir tayyorlashgan. \r\n1-iyunь 2018 yil. «Xalkaro bolalarni himoya kilish kuni»ga GRAND TALIM” da bayram tadbiri. «Bilag`on bolajon» maktabgacha ta’lim muassasasida «1-iyunь- halkaro bolalarni himoya kilish kuni»ga bag`ishlangan bayram tadbiri bo`lib o`tdi .\r\nOktyabrь oyi. 2018 yil. “GRAND TA’LIM” Shayxontohur filiali ochildi. Yangi filialimizda ingliz, arab va rus tillari kabi chet tillarni o`qitish barobarida, veb dasturlash va veb sahifa yasash kurslari hamda; -Arxitektura va interьer dizayni; -Kompьyuter grafikasi: AutoCAD va 3ds MAX dasturlari o`qitilmoqda. \r\n20 oktyabrь 2018 yil. O`zbek tiliga davlat til maqomi berilganiga 29 yil to`ldi. Shu munosabat bilan «GRAND TA’LIM» nodavlat ta’lim muassasasida “Tilni asrash- millatning yuksalishidir” mavzusida tashkil etilgan ijodiy tadbir tashkil etildi. \r\nOktyabr oyi, 2018 yil. Zangiota tumani Nazarbek QFY da joylashgan «GRAND TA’LIM» Nazarbek filialida “Bilag`on bolajon” maktabgacha ta’lim muassasasi ham o`z ish faoliyatini boshladi. \r\n18-dekabrь, 2018 yil- “GRAND TA’LIM”da “Xalqaro arab tili kuni” tadbiri. Tadbirni muassasa direktori ochib berdi. \"Hilol\" nashriyot matbaasi rahbari, \"islom. uz\" portali muassisi, Ismoil Muhammad Sodiq va \"muslimaat.uz\" sayti rahbari, olima Odinaxon Muhammad Yusuf so`z olib, barcha arab tili ixlosmandlariga kelgusi o`qishlarida baraka va tavfiq tiladilar. \r\n24-29- dekabrь, 2018 yil. Ingliz va arab tillaridan oraliq nazorat imtihonlari o`tkazildi. \r\nShu yilda amalga oshirilgan xayrli ishlardan biri- «GRAND TA’LIM» jamoasi Misr Arab respublikasidan ikki nafar xorijlik arab tili o`qituvchilari - Ahmad Salmon va Muhammad Abdusattorlarni shartnoma asosida taklif etdi. «GRAND TA’LIM» o`quvchilari uchun \"Arab adabiy tili\" kitobi qayta tahrir qilingan, to`ldirilgan holda chop etildi. \r\nKelgusi yilda yangi reja va maqsadlar\r\n 2019 yilda ham «GRAND TA’LIM» jamoasi o`z oldiga yangi maqsadlarni qo`ygan. Hozirgi kun talabida ta’lim sohasidagi islohotlar va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo`yicha dasturlar ishlab chiqilmoqda. Kelgusi yilda inshaalloh, yanada ko`plab xayrli tadbirlar va yirik loyihalarni amalga oshirish maqsadida ish olib borilmoqda.