Xush Kelibsiz!
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy
single
Dunyo mamlakatlarining turfa maktablari haqida

Maktab yillari barchamiz uchun eng yodda qolarli damlar bo`lgani aniqdir Nima bo`lgandayam, maktab –barcha o`tashi kerak bo`lgan bosqichdir. Balkim, dunyoning turli erlaridagi turfa xil maktablari hakida bilib, o`zingizdagi bor narsani qadrlay boshlarsiz. Yoki qaytaga o`sha maktablarning birini borib ko`rgingiz kelib qolar. Endi ushbu ma’lumotlarni ayrimlari bilan tanisha boshlaymiz.\r\n1.Pxumachangtang, Tibet. Bu maktab dunyodagi eng balandda joylashgan maktab hisoblanadi. Ushbu maktab dengiz sathidan 5373 metr balandlikda joylashgan bo`lib, Er yuzidagi eng baland tog` cho`qqilaridan bo`lmish- Everestning baza lageri joylashgan joydan 200 metr yuqoriroqdadir.\r\n2. Angliyaning Kenterberi shahrida joylashgan qirollik maktabi dunyodagi eng qo`hna maktab hisoblanadi. U eramizdan avvalgi 597yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda ushbu maktab zamonaviy jihozlangan va sifatli ta’limni taklif etadi. \r\n3. Gollandiyada barcha bolalar 4 yoshga to`lgan kunlari maktabga borishni bboshlaydilar. U sababli, sinfda har doim yangi kelgan o`quvchi bo`ladi. Barcha bolalar maktabga qadam qo`yganlarida deyarli bir xil rivojlanish bosqichida bo`ladilar.\r\n4. Ovqat tanovvuli Frantsiya maktablarida ta’limning bir qismi sifatida ko`riladi. Bolalar nafaqat turli oziq-ovqat mahsulotlari bila tanishib, o`rganadilar, ya’ni qanday etishtiralidi, qay tarzda tayyorlanadi, balki, ovqatlanish madaniyatini, stolda o`tirish etiketi, qoidalarini ham o`rganib borishadi. \r\n5. Janubiy Koreyada o`quvchilar darsdan keyin qolib, sinfni tozalashga qarashadilar. Dars tugashi bilan hech kim sinfdan ketib qolmaydi.\r\n6. Bangladeshda kemalarda o`rnatilgan suzib yuruvchi 100dan ortiq maktab bor. Ularning har birida internet, kutubxonasi bor. Maktab quyosh batareyalarida ishlaydi. Har yilgi sel kilishi, suv sathi ko`tarilishi u erda yuzlab maktablarni va u erdagi minglab o`quvchilar ta’lim tizimini izdan chiqaradi. Yomg`irlar mavsumida iyulьdan oktyabrь oyigacha yo`llar ham o`tib bo`lmaydigan bo`lib ketadi. Shu sababli ham qayiqlardagi maktablar tashkil etilishi yuzaga kelgan.\r\n7. Yaponiyada bolalar dunyodagi eng mustaqil bolalar bo`lishsa kerak. Ular o`zlari maktabga borishadi, sinflarini o`zlari tozalashadi tushlikni o`zlari tashkil qilib, stol tuzab ovqatlanishadi. Maktablarda farroshlar yo`q, oshxonalar ham yo`q.\r\n8. Maktabda eng ko`p vazifasini Xitoy maktablarida berisharkan. Yuqori sinf o`quvchilari uy vazifalari tayyorlash uchun o`rtacha 14 soat sarf etisharkan.\r\n9. Frantsiyada o`quv yili avgustdan iyulgacha davom etadi, o`quv kuni eng uzun davom etadi.\r\nBolalar haftada 4 marotaba maktabga borishadi. Ikki soatcha tushlik vaqtiga ajratiladi. O`quv soati 8:30 da boshlab, 16:30da tamom bo`ladi.\r\n10. Dunyoda bo`yicha o`quvchilari eng ko`p maktab Hindistonning Lakxnau muzofotidagi Montessori maktabidir. Har kuni maktabga 32 000 o`quvchi ilm olish uchun tashrif buyuradi. Maktabda 1000 ta sinf xonasi, 3700ta kompьyuter bo`lib, maktab yiliga minglab kantselyariya buyumlari va kitoblar buyurtma qilib sotib oladi. \r\n11. 2014 yili Italiyaning Turin shahrida eng kichik boshlang`ich ta’lim maktabi bo`lib, bir o`qituvchidan va birgina o`quvchidan iborat edi. Xukumat toki bitta bo`lsada o`quvchi qatnar ekan, maktabni yopmaslikka qaror qildi.