Xush Kelibsiz!
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy
single
Dunyoning eng yirik universitetlari TOP 10 taligi

Dunyoning eng yirik universitetlari TOP 10 taligi 1. Madrid texnika universiteti, Ispaniya “Emprego pelo Mundo” Madrid texnika universiteti – Ispaniyaning qadimgi universitetlardan biri. Ayrim fakultetlarning yoshi 100 dan oshadi . Bu dargohning arxitektura va muhandislik maktabi katta nufuzga ega sababi, o`tgan ikki asr mobaynida ispan texnologiyasi tarixi aynan shu dargoh devorlari ichida yuzaga kelgan. Universitetda siz biznes,. ijtimoiy fanlar , injeneriya-muhandislik va texnologiyalar sohasida bakalavr, magistr va doktorlik darajalarini egallashingiz mumkin. Madrid Texnika universitetida 3000 ga yaqin xodim va o`qituvchsilar ishlaydi. Tahsil olayotgan talabalarning soni 35 000 kishidir. 2. Oksford universiteti, Buyuk Britaniya Ushbu o`quv dargohining tarixining boshlanishi 1096 yillarga qarab ketadi. Bu ingliz tilida ta’lim beriladigan dunyodagi eng qo`hna universitetlardan biridir. Bu erda 20 000 dan ko`proq talabalar tahsil olishadi. Ijtimoiy fanlar, san’at va gumanitar fanlar, tillar va madaniyat, meditsina, texnika va texnologiyalar sohalarida bilim olish imkoniyatlari mavjud. 5000 dan ortiq o`qituvchi va xodimlar jamoasi faoliyat yuritadi. To`qqiz marta Qirollik mukofotlari bilan taqdirlangan. 3. Gamburg universiteti, Germaniya Universitet bazasida olti fakultet bor. Ushbu fakultetlar deyarli barcha yo`nalishlar- iqtisodiyot, huquq, ijtimoiy fanlardan tortib gumanitar, tabiiy fanlar va informatika sohalari hamda meditsina yo`nalishlarni qamrab olgandir. Universitet jamoasi ulkan -5000 dan ortiq xodim va o`qituvchi, salkam 38.000 talabadir. Bu Germaniya davlatidagi eng katta bilim dargohlaridan biridir. 4. Bolonya universiteti, Italiya Italiyaning Boloniya shahrida joylashgan ushbu universitet dunyoning eng qadimgi ilm maskanlaridan biri hisoblanadi. Ayrimlarning fikricha, aynan shu universitet Evropa madaniyatining asosi boshlang`ich nuqtasi deb hisoblanadi. Italiyaning eng nufuzli bilim dargohi hisoblanadi. O`qishga kirish istagidagi abuturientlarga 198 yo`nalish bo`yichao`qish taklif etiladi. Xodimlar 5 000 dan ortiq, talabalarning soni 45 000 dan ortiq. 5. Tsyurixdagi Shveysariya oliy texnika maktabi, Shveytsariya davlati Ushbu dargoh 1855 yil faoliyat boshlagan bo`lib, bugungi kunda dunyoning eng yaxshi universitetlaridan sanaladi. Asosiy o`quv binosi Tsyurix shahrida joylashgan. Universitet ximiya, matematika, fizika fanlaridan eng yaxshi dasturlarni taqdim etadi. 20 000 dan ortiq talabalar jamoasi va 5 000 dan ortiq xodim-o`qituvchilar bilim dargohida faoliyat olib borishadi. 6. Oslo universiteti , Norvegiya Universitetga 1811 yili asos solingan. Davlat tomonidan moliyalanadi. Bu erda biznes, ijtimoiy va gumanitar fanlar, san’at, til va madaniyat, texnologiyalar va tibbiyot yo`nalishlarida ta’lim olish mumkin. Master dasturi asosida 49ta bo`lim bor ingliz tilida o`qitiladiganyu 40 000 talabalarga , 5 000 dan ziyod xodim-o`qituvchilarning ulkan jamoasi Oslo universitetida ta’lim berishadi. Ushbu dargohning beshta olimi Nobel mukofoti laureatlari bo`lishgan. Ulardan biri Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan. 7. Vena universiteti, Avstriya 1365 yilda asos solingan qadim Evropa universitetlaridan. Nemis tilida so`zlovchi mamlakatlar va Markaziy Evropadagi ichida eng yiri va nufuzli ilm dargohi. Avstriyaning ilmiy-pedagogik universiteti hisoblanadi. Universitet o`quv shaharchalari mamlakatrning 60dan ortiq aholi yashash maskanlarida joylashgan. Talabalar adadi 45 000 dan ortiq, xodim-ustozlar 5 000 kishidan ko`proqni tashkil etadi. 8. Moskva davlat universiteti, Rossiya Ushbu universitet 1755 yilda tashkil topgan bo`lib, Rossiyaning eng qadim bilim dargohlaridan hisoblanadi. O`quv yurtida 10 dan ortiq tadqiqot markazlari ochilgan bo`lib, talabalarga tadqiqot ishlarida amaliy ko`mak ko`rsatadi. MGU deb tanilgan ushbu universitet binosi dunyodagi eng baland o`quv dargohi sifatida ham tanilgan. 30 000 dan ortiq talabalar va 4 500 ortiq xodimlar ushbu ilm maskanida o`qishadi va ishlashadi. 9. Qirollik texnologiya instituti, Shvetsiya Shvetsiyadagi yirik va qadimiy bilim dargohi. Ko`proq amaliy uslubda o`quv yo`nalishiga e’tibor qaratiladi. 2 000dan ortiq o`qituvchi –xodimlar va 15 000 talabani o`ziga jamlagan ulkan bilim maskani. Dunyoning bu qismidagi boshqa universitetlarga taqqoslaganda, talabalarning asosiy qismi – chet ellik o`quvchilardir. 10. Kembrij universiteti, Buyuk Britaniya Uzoq o`tmishda 1209 yillarda asos solingan universitet. Doimo dunyoning etakchi universitetlari safida turadi. Butun olamdan ilm izlab kelgan 25 000dan ortiq talabaga 3 000 dan ortiq xodim ta’lim beradi. Kembri bitiruvchilari Buyuk Britaniyada ishga joylashish ko`rsatkichlarida eng yuqori o`rinda turishadi. Haqiqatdan dunyoda tan olingan kuchli ilm dargohi.