Xush Kelibsiz!
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy
single
Ta’lim sohasida yirik loyiha: Qatar milliy kutubxonasi

Qatar milliy kutubxonasi - mamlakat poytaxti Doha shahrida barpo etilayotgan yirik akademik kampus- Ta’lim shahrining asosiy qismlaridan bo`lib, bundan tashqari u erda dunyoning eng ilg`or universitetlari filiallari ham joy oladi. Ulardan Jorjtaun universiteti, Texas universiteti kabi mashhur ta’lim dargohlarini aytish mumkin. Milliy kutubxona o`zida juda yirik madaniy meros boyliklarini jamlagan kutubxona bo`lib, zamonaviy adabiyotlar bilan bir qatorda, arab-islom madaniyatiga taalluqli qimmatbaho, nodir qo`lyozma asarlar va kitoblar saqlanadi. Ushbu jamoat kutubxonasi 1 milliondan ortiq kitobga ega va maydoni 42 000 m2. joyni egallagan binodir. U asrimizning eng zamonaviy imkoniyatlaridan foydalanib, arxitektura sohasining eng ilg`or yutuqlari asosida barpo qilingan. Kutubxona 1000 dan ortiq kitobxonga o`qish zali sifatida xizmat ko`rsatish imkoniyatiga ega. Ayni paytgacha 51 mingdan ortiq qatarliklar kutubxonaga foydalanish uchun a’zo bo`lganlar. Ayniqsa, kutubxonaning bolalar bo`limi xalq sevib qatnayotgan maskanga aylandi. Ochilganiga bir necha oy o`tiboq, u erda mavjud 150 ming kitobning har biri hech bo`lmasa bir martadan o`qib, foydalanildi. Qatar milliy kutubxonasi Qatar malikasi va Qatar fondi tomonidan mamlakatning ilm-fan va ta’limga asoslangan iqtisodiyotga o`tishi uchun loyihalashtirilgan ko`pmilliardli dastur doirasida amalga oshirilmoqda. Kutubxona binosining me’moriy echimi golland arxitektori Rem Kolxas tomonidan amalga oshirildi. Tez orada ushbu majmuaga yondosh yangi Milliy muzey ochilishi rejalashtirilgan. Ulkan, ko`rinishi kesishayotgan disklar shaklidagi muzey binosi loyihasi arxitektor Jan Nuvelga tegishlidir. Ushbu ma’naviy ahamiyatga ega ulkan loyiha va qurilishlar Qatar xukumati tomonidan davlatning arab olamining intellektual -ilmiy poytaxtiga aylantirish yo`lidagi yirik dasturning bir qismidir.