Xush Kelibsiz!
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy
single
“GRAND TA’LIM”NTM: Ta’lim borasida xalqaro hamkorlik odimlari

Joriy yilning 15-22 mart kunlari “GRAND TA’LIM” nodavlat ta’lim muassasasi “Hilal Travel” turistik tashkiloti bilan xamkorlikda Malayziya davlatiga safar tashkil etildi. Safardan ko`zlangan maqsad, bugungi kunda nafaqat Malayziyada balki, Osiyo va jahon universitetlari reytinglarida yuqori pog`onalarda turuvchi nufuzli ta’lim dargohlarining ilg`or tajribalari bilan tanishish, ta’lim tizimidagi yutuq va muvaffaqiyatlarni o`rganish asnosida o`zaro hamkorlik o`rnatish borasida muzokaralar ko`zda tutilgan edi. Ulardan; Malayziya Paxang Universiteti (University Malaysia Pahang), -Malayziya Putra Universiteti (University Putra Malaysia), -Malayya Universiteti (University of Malaya), -Malayziya Seins Islom Universiteti (University Sains Islam Malayziya), -Permata Insan Kolledj (Permata Insan College) oliy maktablariga tashrif safar rejasiga kiritilgan. Bundan tashqari, “GRAND TA’LIM” NTM jamoasi tomonidan o`tkazilajak ilmiy –amaliy uchrashuvlarda O`zbekiston ta’lim tizimidagi islohot va imkoniyatlar xususida, ilm- fan sohasidagi hamkorlikning foydali o`rinlarni bayon qilish ham maqsad qilingan. Shu bilan birga, yurtimiz boy tarixi haqida so`zlab berish, ziyorat turizmga e’tibor, bu sohada o`tkazilayotgan xalqaro forumlar, mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev tomonidan ta’lim tizimini takomillashtirish va bu sohadagi xalqaro tajribalarni o`rganish borasidagi shuningdek, xalqaro turizmni rivojlantirishga oid e’lon qilingan qator farmonlari asosida malayziyalik hamkorlarga tanishtiruv-taqdimotlar o`tkaziladi. Tashrif davomida “Hilal Travel” turistik tashkilotini taqdim etgan holda, Malayziya sayyohlik agentlari va agentliklar assosiatsiyasi tashkil etayotgan, poytaxt Kuala- Lumpur shahrida joylashgan Putra butunjahon savdo markazida o`tkaziladigan “MATTA FAIR- 2019” xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish ham rejalashtirilgan. “Paxang Turizm” turistik markazida ham bo`lib, uchrashuv asnosida yurtimizning turizm salohiyati bo`yicha taqdimotlar o`tkazish ham safar dasturidan o`rin olgan. G`oyatda mazmunli va yangiliklarga boy o`tgan Malayziya Federatsiyasiga ilmiy amaliy safar tafsilotlari bilan keyingi maqolalarimizda batafsil tanishtirib boramiz. Sahifalarimizni kuzatib boring. “GRAND TA’LIM”-2019 yil.