Xush Kelibsiz!
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy
single
Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik odimlari: Paxang universiteti

Joriy yilning 15-22 mart kunlari “GRAND TA’LIM” nodavlat ta’lim muassasasi “Hilal Travel” turistik tashkiloti bilan xamkorlikda Malayziya davlatiga safar tashkil etilgani haqida avvalgi maqolamizda bayon qilgandik. 15 mart juma kuni ertalab “GRAND TA’LIM” jamoasi Malayziyaning Paxang viloyati Pekan shahrida joylashgan Paxang Universitetiga tashrif buyurdi. Dastlab Paxang universitetining Centre for Modern languages & Human Sciences -“Zamonaviy tillar va gumanitar fanlar” fakulьtetiga borildi. Jamoani fakulьtet rahbari professor, Muhammad Nubliy Abdul Vahhob (Dr. Muhammad Nubli Abd Wahhab) qabul qildi. O`zaro ma’lumotlar almashinuvi o`tkazildi. Ya’ni, har ikki tomon o`z taqdimotlarini o`tkazdi. Muassasaning xalqaro aloqalar bo`yicha mutaxassisi Vatanimiz O`zbekistonning boy ma’rifiy-madaniy tarixi va bugungi turizm salohiyati haqida so`zlab berildi. Shuningdek, mamlakatimiz ta’lim tizimidagi islohotlar, “GRAND TA’LIM” va ushu bu universitet o`rtasida pedagoglarni malaka oshirishi, O`zbekistondan talabalarning ushbu ilm maskanida magistrlik yoki doktorlik ishlarini amalga oshirishlari istiqbollari haqida suhbatlashildi. Shuningdek, Paxang universitetini tamomlagan iqtidorli talabalarni O`zbekistonga shartnoma asosida taklif etish masalalari muxokama qilindi, o`zaro fikr almashildi. Fakulьtetdagi uchrashuvdan so`ng, Paxang universiteti asosiy binosiga borildi. U erda ushbu yirik va mashhur universitet rektori, professor, - Dato, Daing Nosir Ibrohim (Dr. Daing Nasir Ibrahim) boshchiligidagi 20 ga yaqin ustozlar tomonidan qabul o`tkazildi. Ulardan, professor Zurayna binti Ali, Doktor Munira binti Abdul Razzoq, kompьyuter tizimlari va injenerlik fakulьtetidan doktor Muhd Nizom Maxmud Qahhor, ustozlardan Muhammad Hofiz Asvad ibn Ahmad Kamollarni sanab o`tish mumkin. Mezbonlar iliq va samimiy qabul qilishdi. Mezbonlarga O`zbekiston ta’lim tizimidagi sharoitlar va imkoniyatlar, xamkorlik qilish borasida qulayliklar borasida va xususan, 10 yildan ko`proq vaqt mobaynida Toshkent shahrida arab, ingliz va rus tillarini o`rgatish va kompьyuter texnologiyalarini o`rgatish borasida faoliyat olib borayotgan “GRAND TA’LIM” NTM haqida videorolik namoyish qilindi. O`z o`rnida Paxang universiteti vakillari ham universitet ta’lim tizimi va imkoniyatlari borasida videofilьm namoyish etishdi va batafsil hikoya qilib berishdi. Ma’lumotlarga boy va qiziqarli kechgan samimiy uchrashuv so`ngida kelajakda universitet filiallari bilan hamkorlikda ilmiy loyiha-dasturlarni amalga oshirish, pedagog o`qituvchilarning Malayziyada malaka oshirishi kabi ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi. Fakulьtetlar dekanlari o`qituvchi va ustozlari tomonidan tomonidan ko`plab savollar berildi, katta qiziqish bildirildi. Uchrashuv so`ngida Paxang univeriteti rahbariyati va ustozlariga samimiy qabul uchun tashakkur izhor qilindi va esdalik sovg`alari taqdim etildi. Universitet haqida qisqacha Paxang Universiteti ( Universiti Malaysia Pahang)- Malayziyaning eng etakchi universitetlaridan. Universiti Malaysia Pahang (URM) – Malayziya oliy ta’lim muassasasi 2002 yilda o`z faoliyatini boshlagan. Pedagogik jamoa 1655 kishidan iborat. Talabalar soni – 15 000, magistrlar- 10 000, aspirantlar esa 5000 kishini tashkil etadi. Universitet Malayziyaning etakchi o`quv dargohlaridan va mamlakatdagi eng yaxshi TOP-20 universitetlar reytingida turadi. O`quv maskani muhandislik, texnologik dasturlar va tadqiqotlar yo`nalishida ilg`or hisoblanadi. Talabalar o`qish jarayonida ko`plab o`quv dasturlari va ilmiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga egalar. Eslatib o`tamiz, safardan ko`zlangan maqsad, bugungi kunda nafaqat Malayziyada balki, Osiyo va jahon universitetlari reytinglarida yuqori pog`onalarda turuvchi nufuzli ta’lim dargohlarining ilg`or tajribalari bilan tanishish, ta’lim tizimidagi yutuq va muvaffaqiyatlarni o`rganish asnosida o`zaro hamkorlik o`rnatish borasida muzokaralar ko`zda tutilgan. Navbatdagi maqolalarimizda Malaya universiteti, Putra universiteti kabi bilim dargohlarida o`tgan muloqotlar, turistik yarmarka haqida bayon qilib boramiz. Sahifalarimizni kuzatib boring.