Xush Kelibsiz!
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy
single
Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik odimlari: Malayziya Sains Islom universiteti

Joriy yilning 15-22 mart kunlari “GRAND TA’LIM” nodavlat ta’lim muassasasi “Hilal Travel” turistik tashkiloti bilan hamkorlikda Malayziya davlatiga safar tashkil etilgani haqida bayon qilgandik. “GRAND TA’LIM” jamoasi ilmiy-amaliy safarni davom ettirib, 18 mart, dushanba kuni Malayziya Sains Islom universitetiga (University Sains Islam Malayziya) - tashrif buyurdi. Malayziya Sains Islom universiteti-(University Sains Islam Malayziya)da jamoani universitet rektori, dato professor Muso Ahmad janoblari peshvoz chiqib qarshiladi. Uchrashuv davomida mezbonlarga “GRAND TA’LIM” NTM faoliyati xususidagi taqdimot o`tkazildi. Shuningdek, O`zbekistonimizning boy ma’naviy-madaniy tarixi, o`tmish buyuk allomalari va tarixiy shaharlari haqida ham so`zlab o`tildi. O`z navbatida universitet vakillari ham Malayziya Sains Islom Universiteti o`quv jarayoni, mavjud fakulьtetlar va o`quv dasturlari xaqida qisqacha so`zlab berishdi. Malayziya Sains Islom universiteti haqida qisqacha: Universiti Sains Islam Malaysia (USIM) - to`laligicha hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan, rivojlanib kelayotgan davlat islom universitetidir. Universitet o`z oldiga diniy fanlar bo`yicha global ma’lumotnoma markazi bo`lishni maqsad qilgandir. USIM- oliy ta’limning unikal, o`ziga xos modelini taqdim etadi. Universiteti bugungi kunda ijtimoiy va jismoniy fanlarni islomiy bilimlar bilan integratsiyalash- (o`zaro bog`langan tarzda rivojlantirish formasi) natijasida taqdim etayotgan dasturlari joriy global muammolarni har tomonlama o`rganib, tushunish va ularning echimida alьternativ- muqobil takliflarni beruvchi ilg`or universitet sifatida o`zini namoyon qilmoqda. Universitetda talabalar soni- 11 982 ta. Akademik jamoa -o`qituvchilar soni- 571 ta. Fakulьtetlar- 9 ta. Akademik loyihalar- 72 ta.Chet ellik talabalar- 656 ta. Jami bitiruvchilar- 20027 ta. Mazmunli kechgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik yo`nalishlari, “GRAND TA’LIM” va Malayziya Sains Islom universiteti o`rtasida o`qituvchilarning malaka oshirishi dasturini ishlab chiqish, universitetning malakali ustoz pedagoglarini O`zbekistonga ta’lim berishga taklif etish kabi masalalar muxokama qilindi. Shu kunning o`zidayoq universitet ham o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida O`zbekiston “GRAND TA’LIM” bilan o`tgan uchrashuv xususida katta fotogalareya jamlanmasini joylashtirgani quvonarlidir.