Xush Kelibsiz!
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy
single
“GRAND TA’LIM” -Toshkentda o`tgan Career Day 2019 ko`rgazmasida ishtirok etdi

Bugun 19 aprel, juma kunida Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida (WIUT) “Kar’era kuni- 2019” Career Day 2019 bo`lib o`tdi. Ushbu bo`sh ish o`rinlari ko`rgazmasi universitet tomonidan 10 yildan beri o`tkaziladi. Tadbir universitet bitiruvchilari va boshqa talabalarni ham ish bilan ta’minlash va O`zbekiston respublikasi mehnat bozorini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihadir. U turli tashkilot, korxona va kompaniyalar vakillari va talabalarning to`g`ridan to`g`ri muloqot o`rnatishlari, ish beruvchilar haqida batafsil ma’lumot olish imkonini beradi. Tadbirda 2000 dan ortiq talabalar va 100 dan ortiq turli tashkilotlar, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O`zbekiston savdo-sanoat palatasi. Markaziy bank, Nestle Uzbekistan, Korzinka uz, Huawei, Ucell, General Motors, Ernst & Young va boshqa ko`plab kompaniya va tashkilotlar ishtirok etishdi. “GRAND TA’LIM” NTM jamoasi ham bugun ko`rgazmada ishtirok etdi. U erda muassasamiz tomonidan stend tashkil qilindi, videorolik va turli tanishtiruv bukletlari taqdim etildi. Shuningdek, xodimlarimiz tomonidan bevosita talabalar, mehmonlar bilan muloqot asnosida ta’lim muassasasi, sharoitlari, filiallari hamda kelajak dasturlari haqida so`zlab berishdi. Ko`pchilikda qiziqish uyg`otgan tanishtiruv yakunida o`nlab talaba yigit qizlar va oliy o`quv yurtlari bitiruvchilari “GRAND TA’LIM” ga ishga joylashish xususida o`z ma’lumotlarini qoldirishdi. Kelgusida ham muassasamiz bunday tadbirlar va ko`rgazmalarda muntazam ishtirok etib boradi.