Xush Kelibsiz!
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy
single
Bugun – “Xalqaro Ona er kuni” -International Mother Earth Day

«Alloh sizga erni qarorgoh, osmonni tom qilgan va sizlarning suvratlaringizni go`zal suvratda qilgan, sizlarga pok narsalardan rizq bergan zotdir». G`ofir surasi , 64 oyat. Xalqaro Er kuni — BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida 2009 yil 22 aprel kuni ta’sis etilgan va 2010 yil 22 apreldan nishonlanib kelinadi. Ushbu sana dunyo bo`ylab keng miqyosda nishonlanadi.Uni nishonlashdan asosiy maqsad — er resurslaridan samarali foydalanish, ularni muhofaza qilish masalalariga, shu bilan birga, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga aholining e’tiborini jalb qilishdir. Astronom olimlar tadqiqotlarida Er – inson yashashi uchun “maxsus” yaratilgan, degan xulosaga kelishmoqda. Erda hayotning turfa shakllari mavjud. O`zining tuzilishi, rangi va xususiyatlari bilan farqlanuvchi hayvonlar, o`simlik, hashorat va dengiz jonzotlarining millionlab turlari ushbu g`aroyib sayyorada mukammal uyg`unlikda hayot kechiradilar. Har yili bu kunda dunyo olimlari global ekologik muammolarni muxokama qilish maqsadida turli konferentsiya va forumlarga jamlanishadi. Mamlakatlarda tabiatni asrash, ekologiyani muhofaza qilish mavzusida har-xil aktsiya va tadbirlar uyushtiriladi. Ko`rgazmalar, tozalik ishlari va daraxt ko`chatlari o`tkazish kabi loyihalar amalga oshiriladi.