Xush Kelibsiz!
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy
single
23 aprel -Xalqaro kitob va mualliflik huquqi kuni World Book and Copyright Day

Dunyo xuddi bir kitob misolidir, faqat o`z yurtini biladigan kishi ushbu kitobning birinchi sahifasinigina o`qigan xolos. Jorj Bayron. Har yili 23 aprelda- Xalqaro kitob va mualliflik huquqi kuni nishonlanadi. 1995 yil Parijda bo`lib o`tgan YuNESKOning Bosh konferentsiyasi kitoblar va mualliflarga ehtirom bildirish maqsadida barchani, ayniqsa yoshlarni, kitob o`qishdan huzur topishga va insoniyatning ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga ko`maklashganlarning tengsiz xissasini hurmat qilishga chaqirdi va shu kunni Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni deb e’lon qildi. Bu qaror ta’lim, madaniyat an’analarini anglashni rivojlantirish, kitoblar bilimni tarqatish vositasi va uni saqlashni ishonchli usuli maqsadida ta’sis etildi. Rezolyutsiyada ta’kidlanishicha, bu kunda kitob ko`rgazmalari, yarmarkalar o`tkazish samara beradi. Kitob orqali biz nafaqat bilim olamiz, balki, fikrlash, ma’naviy, axloqiy qadriyatlar bilan tanishib boramiz. Kitob shuningdek, millatlar, ularning udumlar va an’analari bilan tanishtiruvchi vositadir. U turli madaniyatlar va tsivilizatsiyalarni birlashtiruvchi ko`prikdir. Xalqaro kitob va mualliflik huquqi kunini nishonlaganda, kitobning barcha xalqlarning madaniy va ma’naviy merosini asrovchi va boyituvchi ahamiyatiga alohida e’tibor berish kerak. Dunyoning ko`pgina erlarida an’anaviy kitob taqdimotlari, ko`rgazmalari, uchrashuvlar, turli madaniy — ko`ngil ochar tadbirlar uyushtiriladi. 2001 yildan boshlab, bir shahar tayin etib, unga bir yil davomida Jahon kitob markazi degan unvon berish an’anaga kiritilgan. Jahon kitob markazi bo`lgan shaxarlardan — Madrid (Ispaniya), Iskandariya (Misr), Nьyu Deli (Hindiston), Monreal (Kanada), Bogota (Kolumbiya), Bayrut (Livan), Lyublyana (Sloveniya), Buenos Ayres (Argentina), Erevan (Armaniston), Bangkok (Tailand) va Sharja (BAA) shaharlarini eslab o`tish mumkin. Ushbu sanani nishonlash maqsadida o`tkazilayotgan turli tadbir va ko`rgazmalar yildan yilga o`sib, uning geografiyasi kengayib bormoqda. Yurtimizda ham bu kunda turli davra stollari tashkil etiladi, adabiyot vakillari, shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.