Xush Kelibsiz!
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy
single
24 aprel- Xalqaro tinchlik yo`lidagi ko`p tomonlamalik va diplomatiya kuni International Day of Multilateralism and Diplomacy for Peace

“Birlashgan millatlar tashkiloti Nizomi insonlar va davlatlar o`rtasidagi yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini ta’minlash, umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va kelajak birligini e’tirof etishda umumiy qo`llanma bo`lib xizmat qiladi. Har tomonlama barqarorlikni mustahkamlash - rivojlanish maqsadlariga erishish va kelajak avlodlar uchun dunyoda xavfsizlik va adolat darajasini oshirish borasidagi majburiyatlarimizni mustahkamlash ekanini anglatadi”. Antonio Gutterish, BMT bosh kotibi. Bugun, 24 aprelda ushbu Xalqaro tinchlik yo`lidagi ko`p tomonlamalik va diplomatiya kuni birinchi marta nishonlanadi. U BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2018 yil, dekabr oyida A/RES/73/127 rezolyutsisi bilan qabul qilindi. BMT tomonidan yangi sanani nishonlashdan maqsad: tinchlik yo`lida har qanday turli daraja va xarakterdagi kelishmovchilik, konfliktlar, siyosiy, iqtisodiy va ideologik ziddiyatlarni, etnik, milliy yoki diniy tusdagi bahs va qarama-qarshiliklarni tinch yo`l bilan hal etishga erishishdir. Afsuski, zamonaviy dunyo Er yuzining turli nuqtalaridagi yangi va yangi qarama-qarshiliklarning guvohi bo`lishda davom etmoqda. Tinchlikni saqlash va urushlarning oldini olish maqsadida tashkil etilgan BMT avval boshdanoq o`zining asosiy ish quroli sifatida diplomatiyani tanlagandi. Qarama- qarshi taraflarning maqsad va manfaatlarni e’tiborga olgan holda, ziddiyatlar echimini topish, har qanday muammoni ko`p tomonlama yondoshgan holda hal etibgina ijobiy natijaga erishish mumkin. Shu tarzda yangi nishonlanayotgan ushbu sana jamiyatni jipslashtirishi, ziddiyatlarni diplomatik yo`l bilan hal etish afzalliklarini namoyon etishi, shuningdek, nohaq qon to`kish, begunoh insonlarni halok bo`lishi, parokandalik va vayronagarchiliklarga olib keluvchi urushlarni muzokaralar stoliga o`tirgan holda to`xtatishga qaratilgan yirik tadbir va chaqiriqdir.