Xush Kelibsiz!
Manzil Chilonzor tumani, So’galli ota ko’chasi 5- uy
single
BAAning 10ta eng yaxshi arab tili markazlari

Arab tili nafaqat Amirlikning davlat tili, balki Jazoir, Misr, Marokash, Iroq, Bahrayn, Suriya va Quvayt kabi ko`plab mamlakatlarning rasmiy tili hisoblanadi. Quyida biz e’tiboringizga eng yaxshi arab tili o`rgatish maktablari va o`quv markazlarini taqdim etamiz. Ularning aksari Dubay shahrining o`zida joylashgan, sababi ko`pgina chetdan keluvchilar yashash va ishlash uchun aynan shu shaharni tanlashadi. Birlashgan Arab Amirliklarida arab tiliga nisbatan qiziq manzara kuzatiladi. Rasmiy mavqesiga qaramasdan tarqalishi bo`yicha u atigi 4 o`rinda turadi. Ommalashgan til esa ingliz tilidir. Unda nafaqat migrantlar balki mahalliy aholi ham yoshligidan o`rganishadi, bemalol so`zlashishadi. Sayyohlarga qulaylik uchun e’lon va lavhalar ham bu erda arab va ingliz tillarida osib qo`yilgan. Osiyo davlatlaridan ham Amirlikka ish izlab ko`plab chet elliklar kelishi bois, eng ommalashgan tillar beshligiga hindiy, urdu va forsiy tillar ham kiradi. Mehmonxonalar, restoranlar, do`konlar va boshqa ko`plab xizmat ko`rsatuvchi turistik ob’ektlar ishchi-xodimlariga bir necha tillarni, ayniqsa ingliz tilini yaxshi bilishlari talab etiladi. Endi 10-eng yaxshi arab tili markazlari bilan tanisha boshlaymiz 1.The Mother Tongue Center- Ona tili o`qitish markazi Ushbu maxsus til maktabi Abu Dabida chet elliklarga arab tilini yuqori saviyada o`rgatish maqsadida 2005 yilda ochilgan. Bu maktabda maksimal qisqa fursatlarda xorijlik tinglovchilarda arab tilini egallash darajasini ko`tarish bo`yicha turli eksperimental- tadqiqot dastur va loyihalari ham olib boriladi. 2. Arabic Language Centre- Arab tili markazi Bu markaz Dubayda joylashgan bo`lib, til o`rganuvchilarga arab tilini o`qitish bo`yicha turli ta’lim dasturlarini taqdim etadi.10 soatdan 32 soatgacha dars soatlari tashkil etilgan bo`lib, pullik asosdagi o`quv guruhlaridagi narxlar $670 dan $2350 dollargacha boradi. Bu erda yangi o`rganuvchilar shuningdek, davom ettiruvchilar ham ta’lim olishlari mumkin. 3. Home Language International- Xalqaro til o`rgatish bosh markazi Ushbu markaz esa BAAning biron universitetlarida ta’lim davom ettirmoqchi bo`lgan talabalar uchun yoki kelajakda bu yurtda ishlamoqchi bo`lganlar juda ma’qul ta’lim markazidir. Maktab 1979 yilda tashkil etilgan. Markazning boshqalaridan farqli jihati shulki, talaba dars beruvchi muallimining uyida istiqomat qiladi va faqat arab tilida so`zlashib, arab tili muhitiga to`liq sho`ng`iydi. 4.Target Training and Development- Maqsadli ta’lim va rivojlanish markazi Ushbu xususiy o`quv markazi Dubayning erkin iqtisodiy zonalaridan birida joylashgan. Bu erda til o`rganish guruhlarida eng ko`pi bilan 5 kishi bo`ladi. Pullik asosdagi ta’lim bo`lib,ta’lim soatlaridan kelib chiqib, to`lov narxlari $385 dan $1500 dollargacha bo`ladi. 5. Holiday Inn Express- Xolidey Inn Ekspress ta’lim markazi Bu lingvistika-tilshunoslik maktabi Dubay shahrining Internet-siti EIZ da joylashgan. Bu markaz xizmatlaridan asosan talabalar yoki endi ishga joylashmoqchi bo`lgan shaxslar foydalanishadi. Holiday Inn Express til maktabida tanlangan ta’lim uslubiga ko`ra, shu erning o`zida yasha va ovqatlanish mumkin. O`quv soatlariga qarab ta’lim uchun to`lov narxlari haftalik- $700 dollardan, oylik -$2000 dollargacha boradi.