Xattotlik

GRAND TA'LIM  Xattotlik  kursi
   
     Muassasaning bir nechta filialida xattotlik kursi tinglovchilarining ijodiy ko‘rgazmasi tashkil etildi. Guruh rahbari  xattot Hayitboy Hakimovning aytishicha, bu yerda   xattotlikning o‘ziga xos sir-asrorlari ta’lim berib kelinmoqda va u uch bosqichda o‘rgatiladi:

- Birinchi bosqich- an’anaviy, klassik xattotlik. Unda bambuk qalamlari yordamida harflarni to‘g‘ri yozish, geometrik hisoblar malakasi rivojlantiriladi. 
- Ikkinchi bosqichda, tinglovchilar ustozlaridan o‘rgangan bilimlari va  o‘z iqtidorlarini ishga solib ranglar yordamida ham kompozitsiya tuzishlari va xattotlik ishlarini bajarish o‘rgatiladi. 
- Uchinchi bosqichda esa xattotlikka bevosita bog‘liq va uyg‘un soha- milliy naqqoshlik asoslari ta’lim beriladi.