Arab tili · Boshlang'ichdan mukammal darajagacha

Arab tilini o'qing, yozing, tushuning
18 yilda sinalgan metodika bilan.

Biz arab tilini til sifatida o'rgatamiz: fonetika (to'g'ri talaffuz), grafika (chiroyli yozuv), grammatika va savodxonlik. Bolalar va kattalar uchun alohida guruhlar, individual mashg'ulotlar, oilaviy va onlayn formatlar.

0
yillik tajriba
0
arab tili tinglovchisi
0
filial + onlayn
0
modul dasturi
Nima uchun arab tili?

Dunyoning 400+ mln kishi gaplashadigan tili. O'zbekistonda — madaniy va tarixiy meros.

Arab tili — klassik adabiyot, tibbiyot, falsafa va san'atning tillaridan biri. O'zbek tilidagi juda ko'p so'zlar arab tilidan kirib kelgan. Arab tilini bilish madaniy merosni tushunishdan tashqari, sayohat, ish va o'qish imkoniyatlarini ham kengaytiradi.

Bizning kursimizda siz arab tilini zamonaviy metodika asosida o'rganasiz — til sifatida, amaliy foydali ko'nikma sifatida. Savodxonlik, o'qish, yozish va muloqot ko'nikmalari tizimli ravishda shakllanadi.

Dastur

10 kitobli silsila — noldan klassik matngacha

Grand Ta'limning o'z darsligi — «Arab Adabiy Tili — Qoida va mashqlar»: 10 ta kitob, CEFR darajalariga (A1 → C1+) moslangan. Bosqichma-bosqich, har kitob oxirida nazorat. Qaysi kitobdan boshlashingizni bepul daraja testi aniqlab beradi.

1–2
أَلِفْبَاء
A1 · 1–2-kitob

Boshlang'ich daraja

Alifbo, to'g'ri talaffuz, yozuv va asosiy grammatika. Harakatlar bilan o'qish, oddiy jumlalar tuzish — noldan boshlaganlar uchun.

~4–6 oy · A1 → A1+
3–5
نَحْو
A2–B1 · 3–5-kitob

Asosiy grammatika

Fe'l tizimi, kelishiklar, fe'l shakllari va inkor, otlar morfologiyasi va sintaksis. Matnni mustaqil tushuna boshlaysiz.

~6–10 oy · A2 → B1
6–8
صَرْف
B1+–B2+ · 6–8-kitob

Yuqori daraja

Fe'l boblari (sulasiy va mazid), e'rob, majhul va amr-istak, murakkab sintaksis. Jiddiy matnlar bilan erkin ishlaysiz.

~8–12 oy · B1+ → B2+
9–10
بَلَاغَة
C1+ · 9–10-kitob

Balog'at va klassik tahlil

Balog'at va uslubiyat, mumtoz matnlar tahlili. Klassik adabiy va diniy manbalarni mustaqil o'qiy va tahlil qila olasiz.

Mukammal · C1 → C1+

Silsila davomida o'rganasiz:

  • Arab alifbosi — barcha harflar, harakatlar bilan to'g'ri o'qish va yozish
  • Fe'l tizimi: madiy, muzore', amr; sulasiy va mazid boblar
  • Otlar morfologiyasi, kelishiklar va to'liq e'rob (i'rob)
  • Jumla sintaksisi — soddadan murakkab tuzilmalargacha
  • Majhul nisbat, inkor, istisno va boshqa maxsus uslublar
  • Balog'at: tashbih, isti'ora, kinoya, saj' — badiiy uslub
  • Mumtoz nasr, she'r va klassik manbalarni mustaqil tahlil qilish
  • Har bosqichda yozma va og'zaki nazorat — daraja kafolatlanadi

Bu — Grand Ta'limning o'z metodik kengashida ishlab chiqilgan, 18 yil davomida sinovdan o'tgan darsligi. Bozordagi shablon kurslarga ergashmaymiz.

Daraja testi

Avvaldan arab tili o'qiganmisiz? Darajangizni aniqlang.

Grand Ta'limning 10 kitobdan iborat silsilasiga asoslangan onlayn imtihon. 10–40 daqiqa ichida qaysi kitob va qaysi darsdan davom etishingiz kerakligini ko'rsatadi.

  • 10 bosqich — A1 dan C1+ gacha
  • Adaptiv: darajangizga qarab kengayadi
  • Bepul — registratsiyasiz
  • Darsdan boshlash tavsiyasi beriladi
Guruhlar va formatlar

Sizga mos formatni tanlang

Filialni tanlang — narxlar siz tanlagan filialga moslashadi.

Narxlar yuklanmoqda…

* Ko'rsatilgan narx — shu filialdagi haqiqiy oylik narx (qabul bo'limimiz aytadigan narx bilan bir xil). Birinchi oy o'rtasida yoki oxirida qo'shilsangiz, o'sha oy uchun faqat qolgan kunlarga mutanosib to'lov olinadi — keyingi oylar to'liq narxda davom etadi. Oilaviy yoki 3 oylik oldindan to'lovda standart chegirma qo'llaniladi. Aniq summani operatorimiz siz uchun hisoblab beradi.

Nega aynan Grand Ta'lim?

Bizning farqimiz — 18 yillik sinov bilan tasdiqlangan

ك

O'z darsliklarimiz

Bozorda bor darsliklarga ergashmay, o'zimizning tajribamiz asosida ishlab chiqilgan kitoblar.

م

Aniq metodika

Har bir darajada nima o'rganishingiz, qaysi vaqtda qaysi natijaga yetishingiz aniq belgilangan.

س

Mutaxassis ustozlar

Arab filologiyasi va pedagogika bo'yicha ta'limga ega, doimiy malaka oshiruvchi ustozlar.

ع

Oilaviy formatlar

Siz ham o'qiysiz, bolalaringiz ham. Oilaviy chegirmalar bilan.

و

Onlayn va ofislarda

11 filial — uyingizga yaqinini tanlang. Band bo'lsangiz — onlaynga chiqing.

د

Doimiy qo'llab-quvvatlov

Dars tugagach ham savol-javob — chat, telegram guruh, qo'shimcha materiallar.

Tinglovchilarimiz

Haqiqiy natijalar

Uch yil oldin alifboni ham bilmasdim. Endi arab tilidagi oddiy matnlarni lug'atsiz o'qiyman. Fonetikadan boshlab, qadam-baqadam ko'tarildim.
F
Fotima, 36
Olmazor filiali · 2 yillik tinglovchi
O'g'lim 9 yoshda edi kursga yozilganda. Hozir o'zim ham ortidan borib, o'qiy boshladim. Oilaviy chegirma qulay, har ikkimiz ham birga ulg'aymoqdamiz.
A
Akmal, 42
Chilonzor filiali · Oilaviy tinglovchi
Onlayn formatni tanladim — Andijonda yashab, tajribali toshkentlik ustoz bilan o'qidim. 8 oy ichida grammatikadan to'liq o'tdim.
N
Nodira, 29
Onlayn tinglovchi
FAQ

Ko'p beriladigan savollar

Men noldan boshlasam, qachon matnni tushuna boshlayman?

Oddiy matnlarni 4–6 oyda o'qish va asosiy ma'nosini tushunish mumkin. Chuqurroq tushunish uchun grammatika moduli (odatda 6–12 oy) kerak bo'ladi.

Darslar kim tomonidan olib boriladi?

Arab filologiyasini tugatgan yoki uzoq tajribaga ega mahalliy ustozlar. Ayrim guruhlarda chet ellik (arabzabon) ustoz bilan ham mashq bor — bu alohida narxda.

Darsliklar narxga kiritilganmi?

Yo'q — darsliklar kurs narxiga kiritilmagan, alohida olinadi. Qaysi darajada va qaysi kitobni olish kerakligini birinchi darslarda ustoz aniq aytadi. Taxminiy narx — 30–70 ming so'm oralig'ida. Darsliklarni Hilol Nashr orqali xarid qilishingiz mumkin.

Dars davomida o'zbek tilida tushuntirishadi-mi?

Ha. Boshlang'ich darajalarda tushuntirish — asosan o'zbek tilida. Dars davomida arab tilidagi mashqlar va muloqot miqdori asta-sekin oshirib boriladi.

Guruhni o'zgartirsa bo'ladimi?

Ha. Darajangiz oshganda (yoki pastroq guruhga o'tish kerak bo'lsa) ma'muriyat bilan kelishgan holda guruh o'zgartiriladi.

Arab tilini bugundan boshlang

Bepul kirish testi va maslahat — 1 ish kuni ichida

Qisqa raqamga qo'ng'iroq qiling — biz sizga eng qulay filial va formatni birga tanlaymiz.

☏ 1321
Qisqa raqam — eslab qolish oson
yoki +998 (71) 207-80-40