Mahorat maktabi


Kurs haqida batafsil

Eʼlon!

Siz azizlarga «Hilol Nashr» tahririyati hamda «GRAND Taʼlim» o‘quv maskani qoshida tarjima va tahrir sohasiga oid «Mahorat maktabi» ochilganini eʼlon (https://t.me/HilolNashr/16311) qilgan edik.

«Mahorat maktabi»da siz o‘zbek tili mutaxassislari, mohir muharrirlar, yetarli tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va tarjimonlarning nazariy va amaliy bilimlaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Navbatdagi mahorat kurslarimiz Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchisi, o‘nlab kitoblar muallifi, filologiya fanlari doktori Bahodir Karim ishtirokida bo‘ladi. 10 ta umumiy darslardan iborat bo‘lgan silsilaviy kurslarimiz haftada bir kun, besh hafta mobaynida davom etadi. Kursni bitirganlarga maxsus sertfikat beriladi.

Jami kurs uchun to‘lov miqdori: 750 000 so‘m.

Birinchi darsimiz 23.09.2023, shanba kuni ertalab soat 09:00 da boshlanadi.