Biz Haqimizda

NIMA UCHUN GRAND TA'LIM ?

«GRAND TA’LIM» NTM o‘z oldiga ta’lim sifatini oshirish, xalqaro tajribalar asosida o‘qitishning innovatsion shakllarini joriy qilish, yuqori malakali pedagoglarni va xorijiy o‘qituvchi mutaxassislarni jalb qilish, viloyat markazlarida va boshqa hududlarda ham filiallar tashkil etish bo‘yicha ko'plab vazifalarni maqsad qilgan. O‘qituvchilarimiz tomonidan alifbo, boshlang‘ich hamda yuqori bosqich uchun mo‘ljallangan grammatikaga oid o‘quv dasturlari, metodik qo‘llanmalar va kitoblar esa, bugungi kunda yuqoridagi maqsadlarning yorqin misoli bo'lib xizmat qilmoqda.

GRAND TA'LIM BILAN

Ilm olishingiz uchun eng asosiy 4 ta sabab

  • Ko'p yillik tajriba
  • Malakali ustozlar
  • Samarali o'quv dasturlar
  • Qulay shart-sharoit

Eng ko'p so'raladigan savollar

Yillar davomida minglab mijozlardan kelib tushgan savollar asosida quyidagi javoblarni e'tiboringizga xavola qilamiz. Umid qilamizki Sizni qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob topasiz.

  • Saytimizning "Manzillarimiz" bo'limida har bir filialimiz to'g'risida to'liq ma'lumotlarni topishingiz mumkin.
  • O'qish davomiyligi har bir kursga alohida muddat davom etadi. O'zingizni qiziqtirgan kurslar to'g'risida "Kurslar" bo'limidan topishingiz mumkin.
  • Har bir yo'nalishimizga har doim Oliy ma'lumotli, ishiga muhabbatli, harakatchan va mehnatkash ustozlarni jalb qilamiz. Yosh mutaxassislar doimo malaka oshirlib, katta ustozlardan qo'shimcha master klasslar olishadi.
  • Ayni damda muassasamizda Qur'on kurslari taklif etilmagan, lekin arab adabiy tilini o'rganish doirasida o'qish, yozish, so'zlashish va tushunish malakalariga ega bo'lasiz.
  • Ha beriladi. Kursni to'liq tugatib bo'lgach, imtixonlardan o'tkan tinglovchilarimiz sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

biz haqimizda ba'zi muhim faktlar

0

Ustozlar

0

Kurslar

0

Tinglovchilar

0

Filiallarimiz

bizning ustozlarimiz

bizning faxrimiz

Anvar Ahmad
Arab tili
GRAND TA'LIM nodavlat ta’lim muassasasi katta ustozi Anvar Ahmad ta’lim dargohiga asos solingan ilk kunlardan beri faoliyat yuritadi. Arab tili grammatikasiga oid ko‘plab darslik va adabiyotlar to‘plovchisi va mualliflaridan. Arabic.uz saytining muharriri, "Riyozus solihiyn", "Al-Azkor", "Saodatga yetaklovchi hikmatlar" va boshqa ko‘plab asarlar tarjimoni va nashrga tayyorlovchisi. Anvar Ahmad 1977 yilda tavallud topgan, oilali 4 nafar farzandi bor. Misr Arab Respublikasining Azhari Sharif, al Azhar institutlar bo‘limi, e’dodiy o‘rta-maxsus bilim yurtini tamomlagan. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning shogirdi. "Sahihi Buxoriy"dan shayx xazratlaridan ijoza olgan. “Oltin silsila” tarjimonlar guruhining a’zosi. Avval Misr Arab respublikasi elchixonasi qoshidagi fan va ta’lim markazida arab tili o‘qituvchisi, 2008 yildan esa GRAND TA’LIM yetakchi o‘qituvchilaridan.
Qobiljon Zohidov
Arab tili
Ustoz Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Ushbu universitetda ko‘p yillar o‘qituvchilik faoliyatini, ilmiy ishlarni olib borgan. Keyinchalik, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘qituvchi, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor vazifalarida ishlagan. 20 yildan ko‘proq ta’lim sohasida pedagoglik faoliyatini olib borib, yuzlab talabalarga ustozlik qilgan. Ustoz ko‘plab ilmiy ishlar, maqola va o‘quv qo‘llanmalari muallifi, tarjimon va muharrir, tarix fanlari nomzodi, dotsent. Oilali, to‘rt nafar farzandi bor. Ayni damda GRAND TA'LIM akademik o‘quv-uslubiy bo‘limi rahbari, arab tili katta ustozi.
Begali Abdukarimov
Arxitektor, dizayner
Begali Abdukarimov, arxitektura fani o‘qituvchisi, interyer dizayneri Hamkasbimiz Begali Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining bakalavriat va magistratura bosqichini tamomlagan. 2010-yildan institutning loyihalash bo‘limida ish boshlagan, hozirda katta o‘qituvchi lavozimida talabalarga dars bermoqda.
Otabek Akhmedjanov
Arxitektor, dizayner
Tajribali arxitektor, interyer dizayneri Otabek Axmedjonov Ijodiy hamkasbimiz Otabek dastlab Respublika rassomlik kollejini, keyin Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. 10 yil shu institutning loyihalash bo‘limida o‘qituvchi bo‘lib ishladi. U ko'plab binolar, turar-joy va savdo obyektlarining arxitektura loyihalarini amalga oshirdi.
Abdulazim Abdulqodir
Ingliz tili
Ko'p yillik tajribaga ega ingliz tili o'qituvchisi, minglab shogirdlar chiqargan, O'zbekistonda eng malakali ustozlardan biri. IELTS 8 va CEFR C1 darajasiga ega. Bugungi kunda ustoz o'zlarining Lison.uz kanallarini yuritadilar: https://t.me/lison_english
Allayor Elmuratov
Arab tili
Ustoz Аllayor 1977 yili Jizzax viloyatida tavallud topgan. Oilali, 4 nafar farzandi bor. Muassasada 2017 yildan beri dars beradi. Toshkent xalqaro islom akademiyasini tamomlagan. Soʼngra Misr Аrab Respublikasi Qohira universitetida ham oʼz bilimlarini oshirgan. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasida arab tili boʼyicha mutaxassis, ekspert boʼlib ishlagan. Koʼplab konferentsiya va uchrashuvlarda tarjimon sifatida ham faoliyat koʼrsatadi. GRAND TA'LIMda arab tilidan dars berish bilan birga, oʼquv uslubiy boʼlimda arab tili darsliklari, ilmiy ishlanmalar ustida faoliyat olib boradi.