Psixologiya va Logopediya

Logoped yakka mashg'ulotlari

Grand Talim NTMdan logoped yakka mashg'ulotlari xizmati

 

 

Psixologik trening va konsultatsiyalar

Psixologiya yoʼnalishi quyidagi xizmatlarni Sizlarga taqdim etadi:

  • yakka tartibda psixologik konsultatsiyalarlar;
  • 2 soatlik psixologik treninglar;
  • 3 haftalik (12 soat) psixologik treninglar;
  • 1 oylik (24 soat) psixologik treninglar.

Psixologik taʼlim turining maqsadi mijozlarni (tinglovchilar, ota-onalar, pedagogik jamoani) psixologik jihatdan qoʼllab-quvvatlash, mijozlarning faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari boʼyicha rivojlanishida psixologik va psixosamatik salomatligida uchraydigan ogʼishlarning oldini olish va bartaraf etishga yordam berish, oʼzligini anglashi, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun psixologik-pedagogik qoʼllab-quvvatlashdan (psixodiagnostik faoliyat, soʼrovnoma, maslaxat berish orqali) iborat.

Psixologik taʼlim turining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • psixologlarning tasdiqlangan dasturda belgilangan vazifalarni bajarish;
  • jamoada sogʼlom psixologik muhitni yaratishga koʼmaklashishi;
  • jamoa aʼzolarining hissiy-emotsional holatlarini, shaxslararo munosabatlarni va ziddiyatli xatti-harakatlarni korrektsiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;
  • muassasaga keladigan mijoz tinglovchilar taʼlim va tarbiyasi, ular xulqidagi moyilliklar, shaxsning oilaga va jamiyatga moslashuvi, ijtimoiy va emotsional muammolari boʼyicha pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlariga aniq tavsiyalar berish, ular bilan psixologik trening, suhbat, maslahatlar tashkil etish;
  • ijtimoiy muammolari, xulqida salbiy taʼsirlarga moyilligi mavjud tinglovchilarni psixologik kuzatib borish, ularning xulq-atvor motivlarini oʼrganish, korrektsiyalash, tadbirlar tashkil etish va amalga oshirish;
  • axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internetning salbiy taʼsiri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni oʼtkazish va psixologik tavsiyalar berish;
  • tinglovchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini kuzatish, ijtimoiy soʼrovlar oʼtkazish va psixologik-pedagogik tashxis qilish orqali ularning taʼlim-tarbiya jarayoniga, ijtimoiy-kasbiy muhitga samarali moslashuviga yordam berish;
  • isteʼdodli va iqtidorli oʼquvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini oʼrganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun psixologik faoliyat yuritish;
  • ilgʼor xorijiy va mahalliy tajribalar asosida psixologik-pedagogik tashxis tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish;
  • psixologiya fani yutuqlari, innovatsion psixologik metodika va texnologiyalarni taʼlim jarayoni hamda psixologik amaliyotga tatbiq etish.
  • Psixologik yoʼnalishdagi taʼlim turining asosiy yoʼnalishlari quyidagilardan iborat:
  • psixologik maʼrifat va tashviqot;
  • psixologik-pedagogik tashxis;
  • psixologik korrektsiya;
  • psixologik maslahat;
  • fan va kasbga yoʼnaltirish.

“GRAND TA`LIM OLAM” NTMda psixologik yoʼnalishdagi taʼlim turi boʼyicha tashkil etiladigan seminar-trening mavzulari:

  • Аrt terapiya (rasm terapiya, foto terapiya, ertak terapiya (bolalar uchun), neyrografiya, maska terapiya)
  • “Liderlik sifatini shakllantir”
  • “Kasb tanlash mahorati”
  • “Kirishuvchanlik qobiliyatini rivojlatir”
  • “Ichki menimni angash”
  • “Onalar maktabi”
  • “Onalikka psixologik tayyorlash”
  • “Ibratli kelinchak”
  • Individual maslaxat