Barcha kurslar
“Grand ta’lim” nodavlat ta’lim muassasasi yurtimizda Arab tilini fundamental o’rgatish bo’yicha birinchi raqamli o’quv markazidir. Markaz 15 yil mоbaynida arab tilini o’qitish bo’yicha katta malakaga ega bo’ldi. Muassasada arab tilini o’qitish bo’yicha dunyoning yirik til markazlari amaliy tajribalari, dars berish uslublari, innovasiyon loyihalari izchillik bilan o’rganib, tatbiq etilmoqda. Jumladan, markazda Misr Arab Respublikasidan kelgan malakali mutaхassislar markaz o’qituvchilari bilan birgalikda fan dasturlari, o’quv rеjalari va o’quv qo’llanmalarini takоmillashtirishda, hamda malaka оshirish darslarini tashkil qilishda hamkоrlik qilmоqdalar. Markazda arab tilini o’qitishda muassasa o’qituvchilari tоmоnidan tuzilgan o’quv qo’llanmalaridan fоydalaniladi. Muassasa o’qituvchilari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O’zbekiston xalqaro Islom akademiyasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti va xorijning nufuzli universitetlarini tamomlaganlar va barchalari CEFR sertifikatlariga ega. Ular doimo yangi pedagogik texnologiyalar, ta'lim berishning ilg’or uslublari borasida xorijiy va maxalliy mutaxassislar tomonidan malaka oshirish kurslari muntazam ish olib bormoqdalar.

Ta’lim muassasamiz tomonidan taklif etilayotgan rus tili kurslari yozma va og‘zaki nutq qoidalarini o‘zlatirishingizga yordam beradi. Ushbu kurslar uch bosqichdan iborat bo‘lib, ular: -Boshlang‘ich; - O‘rta; - Yuqori bosqichlardir. O‘quv kursi davomiyligi 6-9 oy davom etadi.
Курс Русского Языка
- Элементарный уровень
- Базовый уровень
- Продвинутый уровень
- Разговорный русский язык
- Специально для Вас!

Dasturlash kurslari
Web dasturlash, iOS/Android va boshqa turli qurilmalarga dasturlar tuzish kurslariga taklif etamiz!

Maktabgacha ta’lim darslari Pre-school classes «Grand Ta’lim bolajon» dasturi 2018-yildan o‘z faoliyatini boshlagan. Dastur 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning aqliy salohiyatlari-intellektlarini rivojlantirishga, zehni, xotirasi va dunyoqarashini shakllantirishga mo‘ljallangan bo‘lib, bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan ingliz va arab tillaridan boshlang‘ich alifboni ta’lim berish dasturini ham o'z ichiga oladi. Shuningdek bolajonlarimizning tillarini ravon qilish maqsadida Nazarbek, Qoratosh, Olmazor va Zangiota filiallarimizda logopedik kurslar ham mavjud.
Maktabga biz bilan tayyorlaning!
Farzandingizga ta'lim va tarbiyani ishonchli qo'llarga topshiring!

Ingliz tilini boshlang'ich Beginner darajasidan boshlab to eng yuqori Advanced darajasigacha
turli o'qish tezligida o'rganishingiz mumkin. Shuningdek biz Sizlarga IELTS va CEFR
imtixonlari uchun maxsus kurslarimizni ham taklif etamiz!
Learn english with us!
- Beginner to Elementary
- Pre Intermediate to Upper Intermediate
- Advanced
- IELTS 7+
- CEFR from B2 to C1
- Special English for You!

"Grand Ta'lim"da arxitektura va interyer dizayni, AutoCAD va 3ds MAX dasturlari kurslari faoliyat olib bormoqda
Ushbu kurslarda ayni damda dunyodagi eng talabgir kasblardan biri - arxitektura va interyer dizayn haqida tushuncha berish, oʼqitish va bilim darajalarini oshirish maqsadida yurtdoshlarimizni oʼquv kurslarimizga oʼqishga taklif etadi.
-Аrxitektura sohasiga oid jahon tajribalari asosidagi mashgʼulotlar;
-Interyer dizayn haqida jahon tajribasi asosida mukammal darslar rejasi;
-Eng zamonaviy oʼquv dasturlari bilan jihozlangan kompyuter xonalari;
-Professional arxitektor - rassomlardan mahorat darslari.
Oʼqish yakunida sinov imtihonlar oʼtkazilib, bitiruvchilarga tegishli tartibdagi sertifikatlar taqdim etiladi.
Manzilimiz: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Qoratosh koʼchasi, 2a- uy.
Tel: (+998-78) 122-22-27, (+998-95) 513-00-13
Moʼljal: Qoratosh, “Korzinka” supermarketi, 3- qavat.
