Xattotlik


Kurs haqida batafsil

GRAND TA'LIM Qoratoshda Xattotlik  kursi
   
     Muassasaning Qoratosh filialida xattotlik kursi tinglovchilarining ijodiy ko‘rgazmasi tashkil etildi. Guruh rahbari  xattot Hayitboy Hakimovning aytishicha, bu yerda   xattotlikning o‘ziga xos sir-asrorlari ta’lim berib kelinmoqda va u uch bosqichda o‘rgatiladi:

- Birinchi bosqich- an’anaviy, klassik xattotlik. Unda bambuk qalamlari yordamida harflarni to‘g‘ri yozish, geometrik hisoblar malakasi rivojlantiriladi. 
- Ikkinchi bosqichda, tinglovchilar ustozlaridan o‘rgangan bilimlari va  o‘z iqtidorlarini ishga solib ranglar yordamida ham kompozitsiya tuzishlari va xattotlik ishlarini bajarish o‘rgatiladi. 
- Uchinchi bosqichda esa xattotlikka bevosita bog‘liq va uyg‘un soha- milliy naqqoshlik asoslari ta’lim beriladi.